Kinetoplastid hujayralarida odatda bitta markaziy yadroli oval yadro, Golgi apparati va endoplazmatik retikulum kabi tipik eukaryotik organellalarning to'liq to'plami mavjud. Mitokondriyaning kattaligi va shakli, shuningdek, mitoxondriyal kristalarning soni hayot tsiklining bosqichiga qarab juda o'zgaruvchan.
Tripanosoma
Triponasomalar – parazit xivchinlilarning eng xavflilaridan bo‘lib, ular turli umurtqali hayvonlar, jumladan insonning qonida hayot kechiradi. Triponasomaning tanasi cho‘ziq yassilashgan bo‘lib oldingi tomondan ayrilgan bitta xivchini orqaga yo’nalib yon tomonga yopishgan. Shu joyda xivchin ektoplazmaga tutashib, to‘lqinlanuvchi parda hosil qiladi. Parazit mazkur parda vositasida harakat qiladi. Murakkab tuzilgan bazal tanacha (kinetoplastlar) xivchinning endoplazmadagi qismida joylashgan. Bir yadroli, bo‘linish yo’li bilan ko‘payadi.