19
1-mavzu: Muloqot turlari va madaniyati
Reja:
1.
Muloqot hakida tushuncha.
2.
Muloqot turlari.
3.
Muloqot madaniyati.
Tayanch iboralar:
muloqot, muloqot turlari, munosabat, pedagogik muloqot,
dilkashlik, xushmuomalalilik, mulohaza, madaniyat, axloq, kasbiy muloqot,
muomala.
1.
Muloqot xakida tushuncha.
Insonning
rivojlanishini,
ijtimoiylashishini,
individni
shaxs
bo‘lib
shakllanishini, uning jamiyat bilan bo‘lgan alokasini muloqotsiz aslo tasavvur etib
bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos extiyoj. Polshalik psixolog Ye.Melibruda
aytganidek, shaxslararo munosabatlar biz uchun xavodek ahamiyatga egadir.
Go‘daklik va o‘smirlik davrlarida muloqot yetakchi faoliyatga, ya’ni yangi
psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir kursatuvchi faoliyat
sifatida gavdalanadi.
Muloqot-odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat
ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot
(munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni
o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jixati xisobga olinadi.
Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning
yana bir jixati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro
birgalikdagi harakati-nutq
jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan
iborat.
Masalan,
munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniktirsa imo-ishora bilan
muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jixati muloqotga kirishuvchilarning
bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz
bir kishi bilan muloqotga
kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz.
Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot o‘zatish), interaktiv (o‘zaro
birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga
oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va
kobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muximdir. Har bir kishining o‘z
“Meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi,
shaxsning
20
xayot yullari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida,
ya’ni gurux va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy extiyojlarimizdan
biri - bo‘ muloqotga bo‘lgan extiyojdir. Muloqotga bo‘lgan extiyojimiz
qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning
uchun biz doimo muloqotga
bo‘lgan extiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan
konikish xosil kilamiz, lekin ayrim xollarda esa biz konikmaslikni xis kilamiz.
Muloqot - bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan extiyoji bo‘lib,
munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning
birgalikdagi faoliyatidir.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini
xisobga olgan xolda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga
kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga
kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bo‘nda so‘zning ta’sir
kuchi
xisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga karab muloqot usullarini
qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda kunikma, bilim, malakalarning xosil
bo‘lishida muloqotning urni bekiyos. Oddiy ko‘nikma (“tug‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv,
joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orkali singdiriladi.
Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muxim o‘rin
egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz
ham u
qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin.
Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning
shakllanishida maksad tug‘ri quyilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida,
turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruxda. Agar
oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar,
bola ham ularga taqlid
qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: