32
gaplashish mumkin emas.
Hamma xursand xolatda suxbatlashayotgan xolatda kayfiyatni tushuruvchi
qo‘rqinchli voqealar, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarning kayfiyatini
tushurib yuboradi. Kasal ko‘rgani borganda o‘lim haqida, uning kasalining tarixi,
mayda-chuydalari haqida gapirish mumkin emas. Uning o‘rniga yolg‘on bo‘lgan
taqdirda ham, ko‘rinishi yaxshiligi, albatta to‘zalib ketishi mumkinligi borasida
suxbat qurish lozim. Dasturxon atrofida ishtaxani bug‘uvchi
mavzular haqida
gapirilmaydi. Taomni yomonlash, kamchilik axtarish mumkin emas, balki
pishirgan insonni ko‘nglini ko‘tarish lozim.
Tarbiyali va madaniyatli inson umumiy tanish
haqida fikr bildirayotganda
yolg‘on ishlatmaydi, u haqida noloyiq so‘zlar aytmaydi. Bir inson haqida (xatto u
yomon inson bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda u kirib qolsa, miyig‘ida
kulib, iboli qarash, piching, qochiriqlar qilish, ba’zida
betga aytgan haqiqiy
fikrdan ham qattiq dilga ozor beradi. Suxbatlashishning chog‘ida inson tinglashni
ham bilmog‘i darkor.
Tinglash faqat eshitib o‘tirish degani emas. Yaxshi suxbatdosh o‘z
suxbatdoshi fikrini mantiqiy tugatgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq bayon qilib
beruvchi insondir. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda kechirim surab, masalan,
“Kechirasiz, menimcha shu fikringiz...” yoki “Fikringizni bo‘lganim uchun uzr
surayman, menimcha.” bu vaqtda gapirayotgan odam suxbatdoshiga imkon berishi
lozim. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda albatta yoshlar bilan kattalar
o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi. Shunday paytlarda yoshlar o‘zlarini fikrlarini
yoqlamasdan “xo‘p” deb mavzuni o‘zgartirishlari kattalarning dili og‘rib
qolishidan saqlaydi.
Suxbatdoshingizning fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali
va kamtar inson sifatida munosabatda bo‘lib “menimcha, adashdingiz”, “uzr men
boshqa fikrdaman”, “kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman”
degan
iboralar bilan murojaat qilinadi. Xech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida
xech narsani tushunmaysiz”, “bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni
ishlatish mumkin emas.
Nazorat savollari:
1.
Muloqot deganda nimani tushunasiz?
2.
Muloqot turlari xakida nimalarni bilasiz?
3.
Muloqot muammosi bilan kaysi olimlar kuprok shug‘ullanganlar?
4.
Muloqotchanlikni kanday tarbiyalash mumkin?
5.
Insonlar bilan suxbatlashish jarayonida bir necha kichik qoidalarga amal
qilishi kerak?