Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

AMALIY 
MAShG‘ULOTLAR
MAZMUNI
 
 
 


35 
2.MAVZU: ShAXSLARARO MUNOSABATLARNI O‘RNATIShDA 
MULOQOT MADANIYaTINING O‘RNI 
Reja: 
1.
Shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda nutq madaniyati. 
2.
Notiqlik san’ati. 
3.
Kutubxonachi faoliyatida notiqlik san’atiining ahamiyati. 
Tayanch iboralar: 
notislik, nuts, nuts madaniyati, maxorat, kutubxonachi 
faoliyatida notislik mauorati, noverbal vositalar, vizual vositalar, taktil vositalar, 
akustik vositalar, olfaktor vositalari. 
1. Shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda nutq madaniyati. 
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev qat’iyat bilan “Xavas qilsa arziydigan ulug‘ 
ajdodlarimiz bor. Xavas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men 
ishonaman, nasib etsa, xavas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk 
adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi”, deb ta’kidlagan edi. Rostdan ham 
adabiyot va san’at rivoji millat ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Shu bois 
bugungi kunda kutubxonachi o‘quvchi, kitobxon bilan muloqot davrida notiqlik 
san’ati yordamida faol munosabat o‘rnata olishi muhim xisoblanadi. Bu 
kitobxonni turli kitoblarga bo‘lgan qiziqishini, motivatsiyasini paydo bo‘lishining 
asosidir. Shunday ekan ARM rahbar xodimlari notiqlik mahorati bo‘yicha 
bilimlarini oshirishi va o‘z ustida bo‘ yo‘nalishda ishlashi lozim. Quyida notiqlik 
mahoratini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz. 
XX asrda D.Efron, Ch.Morris, M.Krichli, Dj.Fast, A.Piz, T.Bryun, 
R.Berdvistel va boshqalar tomonidan jestlar haqida o‘nlab yirik ishlar chop etildi. 
Noverbal xatti-harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, mamlakat 
kishilari o‘z madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish turish, turli imo-
ishoralar, tana xarakatlari mimikalardan iborat bo‘lgan noverbal xatti-harakatlar 
tizimiga egadir. Bojxonachi ko‘pincha mamlakatning birinchi rasmiy vakili 
sifatida turli mamlakat fuqarolari bilan muloqotga kirishadi. Ular bilan muomala 
jarayonida har bir millatga mos keladigan aloqa usullarini tanlash g‘oyatda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Birgina keng tarqalgan qo‘l berib so‘rashish jestini har xil 
millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan, Rossiyada guruhdagi bitta 
odam bilan aloxida qo‘l berib so‘rashish mumkin bo‘lsa, Bolgariyada butun guruh 
bilan so‘rashib chiqishga to‘g‘ri keladi. Fransiya va Italiyada uzatilgan qo‘lingizni 
albatta siqishadi, Angliyada esa cho‘zilgan qo‘lingiz xavoda muallak qolib ketishi 
mumkin. Afrika va Yaqin Sharq xalqlarida suxbatdoshga tegib gaplashish 
muloqotning zarur sharti bo‘lib xisoblansa, yapon madaniyati muomalada bevosita 


36 
yaqin aloqani maqbul ko‘rmaydi. Shuni e’tiborga olish lozimki, har qanday 
mamlakatda shoshqaloqlik bilan qo‘l o‘zatish ma’qullanmaydi. 
Insonning sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz 
uning o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal 
signallar bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan 
aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suxbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan 
darak berganligini ta’kidlar ekanmiz, aslida bu xolat uning aytgan so‘zlari va tana 
xarakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi. 
Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish, 
uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni 
rivojlantirish lozim bo‘ladi. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin