Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


ochiq xolat va jestlarga ajratish mumkin. Ochiq kaftlarni suhbatdoshga ko‘rsatilishi



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

ochiq
xolat va jestlarga ajratish mumkin.
Ochiq kaftlarni suhbatdoshga ko‘rsatilishi,
ochiq xolatdagi kishi. Bunday 
xolat kishining to‘g‘riso‘zligi, samimiyligini yaqqol namoyish etadi.
Xujumga o‘tish holati:
qo‘llar chuntakda, bosh barmoqlar tashqariga 
chiqarilgan. Barmoklarning namoyishkorona tashqariga chiqarilishi mazkur 
kishining o‘zini suxbatdoshdan ustun sezayotganligidan 
dalolat beradi. O‘z qo‘l ostidagi xodimlar bilan 
suxbatlashayotgan raxbarlarga xos. 
Liderlik sifatlarini yashirayotgan kishi: 
Qo‘llar orqada, bosh barmoq tashqariga chiqarilgan. Kuchli 
va xatto agressiv kishilar ko‘pincha shu xolatni 
egallaydilar. 
Xujumkor holat:
qo‘llar chuntakda bosh barmoqlar 
tashqariga chiqarilgan. 
O‘z-o‘ziga ishonch va ustunlik holati:
yuqori 
darajadagi boshliqlar va raxbarlar uchun xarakterlidir. 
Ximoya holati:
Qo‘llar va oyoqlar chalishtirilgan. 
Notanish muxitga va begona odamlar orasiga tushib 
qolgan, o‘ziga ishonchsiz kishi xolati. Ko‘pincha bu 
xolatda kishi barcha tugmalari qadalgan, boshqalardan 
uzoqroq masofada turishga harakat qiladi. 
Qo‘llar chalishtirilishining yashirin ko‘rinishi:
o‘z 
qo‘lidan tutib turish. Bu xolat atrofdagilar bilan ko‘rinmas 
to‘siq o‘rnatadigan yarim ximoya xolati. 
Amalga oshmagan umidlar vaziyatga negativ 
munosabat: 
Mazkur jest kishiga o‘z xotirjamligini saqlab turishga 
imkon beradi. Ota-onalar salbiy noxush va xavfli xolatlarda 
bolalarning qo‘lidan xuddi shunday ushlab olishadi. 


39 
Kishi qat’iy pozitsiyani egallagan:
 
Nafakat qo‘llar chalishtirilgan balki, barmoqlar qo‘l 
yukorisidan mahkam tutib turibdi. Ushbu holat kishining 
vaziyatga bo‘lgan negativ, tushkun munosabatini aks 
ettiradi. 
Kishining o‘ziga ishonchi yo‘q va chalishtirilgan 
qo‘llar to‘sig‘i bilan o‘zini himoya qiladi
.
U o‘zini siqilgan xolatda sezadi, muloqotga va o‘zaro 
tushunishga intilmaydi. Balki, suxbatdosh unga yoqmaydi 
yoki uni xafa qilgan.
Yashirin asabiylik:
 
Qo‘llar chalishtirilishining yashirin kurinishi kuproq 
ommaviy nutq so‘zlash chog‘ida ko‘pchilikning diqqat 
e’tiborida bo‘lgan kishilar tomonidan qo‘llaniladi. Kishi 
xavfsizlikni xis qilish maqsadida sumkasi, soati yoki 
tug‘nog‘ichiga tegish orqali ximoya to‘sig‘i xosil qilishi 
mumkin. 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin