Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar
ichki ishlar organlari xodimlari tarbiyasi 
qiyin o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan 
profilaktik chora tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi. 


28 
Muloqot, rasmiy, norasmiy, shaxsiy, avlodlararo, yuzma-yuz, texnik 
vositalar, diologik, monologik. 
Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bo‘nda uch xil 
bosqich mavjud. 
Dastlabki bosqich — odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani 
“Ijtimoiy psixologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, 
demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi” — deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning 
o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va 
xajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, 
doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan 
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish 
mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot — muloqotning ikkinchi boskichidir. 
A.N.Leontev 
o‘zining “psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida 
muloqotning uchinchi shakli — avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati 
tug‘risida shunday yozadi: “Agar barcha katta avlod o‘lib ketganida, insoniyat turi 
yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti yana orqaga surilibgina emas, 
balki yo‘qolib ketishi ham mumkin edi”. Haqiqatdan ham, avlodlararo 
muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy 
boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan 
insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab 
keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan 
avlodga o‘zatadilar. 
Muloqotning xayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak, uning har bir 
shaxsning xayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib 
chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy xolda 
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot 


29 
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq- atvor normalaridan 
kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan 
muloqoti, pedagogning ta’lim oluvchi bilan muloqoti va hokazo, norasmiy 
muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni 
usha suxbatdoshlarning fikr- o‘ylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional 
munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poezda o‘zoq safarga 
chiqqan yo‘lovchilar suxbati, tanaffus vaqti o‘quvchilarning sport, moda, shaxsiy 
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani 
uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning xayotida ko‘proq vaqtini oladi 
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana 
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, 
ochiq ko‘ngilligi, suxbatlashish yo‘llarini bilishi, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni 
tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham raxbar bo‘lolmaydi, ayniqsa 
pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan 
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab kilinadi. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin