Мотивацион тусиклар Muloqot doimo inson xarakteri bilan boFlik buladi, masalan shaxs janjalkash bulishi mumkin, bu janjal ziddiyatlarning natijasida yuzaga keladi, yoki shaxsning ziddiyatni keltirib chikaradigan xolatlari urganishi kerak buladi. prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi.
Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga
kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga
ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash,
ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruk, iltimos qilish, biror
narsani tushuntirish bilan birga o‘z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani
ularga tushuntirish maqsadini qo‘yadi.
Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks
ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni
kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo‘luvchi aloqa va o‘zaro
ta’sirlar yig‘indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida
ro‘y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulk-atvor namunalari
tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko‘lami nixoyat keng - mehnat
intizomi xarbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular
jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan muloqotga kirishuvchilar
bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo‘ladi.
Muloqotning turlari keng ravishda amalga tadbiq qilinishi muloqot
jarayonida insonning xolatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan axborotni
muloqot jarayonida to‘la ravishda berish, uning to‘g‘ri yetib borganligi
haqidagi signal, qoniqish xolatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini
aktivlashtiradi.