Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

Moddiy muloqot
-deganda sub’ektni dolzarb ehtiyojlarni 
qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan 
faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash
tushuniladi. 


25 
tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo
munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli 
mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi 
yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo‘ladi, agar muloqotni 
tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan 
foydalanilsa – bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqot shakl (usul)lari. Muloqot demokratik, avtoritar, liberal shakli 
(usuli)da amalga oshadi. Demokratik usulda suhbatlar, munozaralar, mulohazalar 
o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish sohalari 
yashiringan holda bo‘ladi. Shu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir 
bo‘lishi turlicha baholanadi, rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday 
odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlarda do‘stlik, dilkashlik,
xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida va mulohaza yuritishida
mustaqillik, shaxsiy qarashlari saklangan xolda yangi norma va talablarga 
moslashish, o‘z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zurikish davrida o‘z-o‘zini 
qo‘lga olishlik kabi muxim fazilatlar paydo bo‘ladi. 
Muloqotning yana bir shakli avtoritar deb atalib, bo‘nda shaxslararo teng 
xukuklilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yukota 
boshlaydi. Masalan, boshlik tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati 
ko‘pincha cheklab qo‘yiladi. Boshliq tomonidan ta’sir o‘tkazishning asosiy metodi 

jazolash 
xisoblanadi. 
Biroq 
onda-sonda 
rag‘batlantirish 
metodidan 
foydalanilganda ham, u xodimga ma’naviy ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada 
qo‘llanilsa, farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu 
tuyg‘u o‘zoqlashish, “begonalashish” kechinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo 
munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top
tashvishlilik, xavotirlilik kabi sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan 
moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari 
ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik, 
xayrixoxlik kabi yuksak insoniy xis-tuyg‘ular juda nursiz ifodalanadi. Ko‘r-
ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan 
tarbiyaviy ta’sir qo‘rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. 
Muloqot shakli ichida liberal usuli ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul 
muloqot jarayonida murosasoz, ko‘ngilchan bo‘lishlik, tashqi ko‘rinishdan iliq 
psixologik iqlimni, guruhiy moslikni o‘zida aks ettirgandek bo‘lib tuyuladi. 
Afsuski, liberallik, murasasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilishga, 


26 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin