«Bahs-munozara» metodining tuzilmasi Bahsning samarali bo‘lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga
nisbatan qanday holatda joylashuvlariga bog‘liq. Tinglovchi va muzokarada
qatnashuvchilarning o‘zaro joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining
mohiyati muhim ahamiyatga ega ekanligi bois biz ushbu masala bo‘yicha quyidagi
variantlarni keltiramiz:
Sinf sharoiti . Bu - an’anaviy dars o‘tkazish shakli bo‘lib, tinglovchilar
bir-birlarining yuzlarini ko‘rish imkoniyatlari cheklangan holatda o‘tiradilar.
Ularning doska oldidagi o‘qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan
munosabatlari va mas’uliyatlari turlicha. Bu sharoitda bahs o‘tkazish mumkin
emas. Chunki sinfda oxirgi qatorda o‘tirgan bola bilan birinchi qatorda
o‘tirganning darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik
mavqei -
«Men» - o‘yindan tashqarida» deb baholanadi.
«Men» - o‘yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol
atrofida joylashadilar va o‘rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish,
Muammoli savol beriladi Turli fikrlar bildiriladi Fikr-mulohazalar tinglanadi Fikr-mulohazalar tahlil qilinadi Aniq va maqbul yechim tanlab olinadi
16
hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, hatto
boshlovchi ham «qatorda» o‘tiradi. «Ishchanlik o‘yinlari» va boshqa rolli o‘yinlar
ana shunday sharoitda o‘tkazilishi mumkin.