70
NUTQ
- odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan
shakli. N. muloqotda
tildan foydalanish jarayoni, N. til bilan funktsional jihatdan
bog'lik. N. ning fiziologik
asosi ikkinchi signal tizimi, muvaqqat nerv
bog'lanishlaridir.
NUTQ MADANIYATI
- muloqot jarayonida ma'lum til normalariga
asoslangan holda ma'noli nutqni ifoda etish.
ODAMNING ICHKI DUNYOSI
- shaxsning dunyoqarashi, g'oyalari,
ideallari, orzulari, qadriyatlari yig'indisi.
OILA
- turmush qurish, qarindosh-urug'chilik asosidagi kichik guruh. Uning
a'zolari
yagona yashash sharoiti, o'zaro yordam va axloqiy javobgarlik asosida
birlashadi.
PANTOMIMIKA -
(yunon. ranto mimos - hamma narsaga taqlid qiluvchi) -
inso
n gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar
bilan birga uning psixik
holatini, ayniqsa, his-tuyg'ularini ifodalovchi harakatlari
Dostları ilə paylaş: