28
Muloqot, rasmiy, norasmiy, shaxsiy, avlodlararo, yuzma-yuz, texnik
vositalar, diologik, monologik.
Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bo‘nda
uch xil
bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani
“Ijtimoiy psixologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa,
demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi” — deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning
o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va
xajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib,
doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa,
demak u boshqalar bilan
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish
mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot — muloqotning ikkinchi boskichidir.
A.N.Leontev
o‘zining “psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida
muloqotning uchinchi shakli — avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati
tug‘risida shunday yozadi: “Agar barcha katta avlod o‘lib ketganida, insoniyat turi
yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti yana orqaga surilibgina emas,
balki yo‘qolib ketishi ham mumkin edi”.
Haqiqatdan ham, avlodlararo
muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy
boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan
insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi
avlodlar uchun saqlab
keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan
avlodga o‘zatadilar.
Muloqotning xayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak, uning har bir
shaxsning xayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib
chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin.
Lekin umumiy xolda
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot
29
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq- atvor normalaridan
kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan
muloqoti, pedagogning ta’lim oluvchi bilan muloqoti va hokazo, norasmiy
muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni
usha suxbatdoshlarning fikr- o‘ylari, niyat-maqsadlari
hamda emotsional
munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poezda o‘zoq safarga
chiqqan yo‘lovchilar suxbati, tanaffus vaqti o‘quvchilarning sport, moda, shaxsiy
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani
uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning xayotida ko‘proq vaqtini oladi
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana
shunday muloqotga
ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi,
ochiq ko‘ngilligi, suxbatlashish yo‘llarini bilishi, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni
tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham raxbar bo‘lolmaydi, ayniqsa
pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi,
chunki buning uchun undan
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab kilinadi.
Dostları ilə paylaş: