143
Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan,
ishlab chiqilgan prinsiplar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv
materialidir.
Modulli o‘qitish – xalqaro tushuncha – modul bilan bog‘liq bo‘lib
(«modul», lotincha modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro
chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi.
Muloqot – 1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari
kishilar
o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga
ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi
Nazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini
bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: