Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata 
olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni 
tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf 
eta olish; Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
Rolli o‘yinlar–ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy 
holatlari xatti-harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni. Sintez – elementlardan, 
bo‘limlardan yangilikka ega bo‘lgan yaxlitlikni yaratish ko‘nikmasini anglatadi. 
Tabaqalashtirib o‘qitish - o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy 
didaktika prinsipariga asoslangan bo‘lib, maxsus tashkil ettirilgan ta’lim 
oluvchilarning gomogen guruhlarida, o‘quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi 
Tarbiya —aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi
xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Tahlil – bu toifa o‘rganilgan 
material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol ko‘rsatish 
ko‘nikmalarini anglatadi. 
Tashkilotchilik qobiliyati- o‘quv guruhi yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish 
iste’dodi. 
Ta’lim maqsadlari- muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan 
o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va 
shaxsiy fazilatlarni belgilaydi. Ta’lim axboroti – muayyan faoliyatturi, ixtisosini 
amalga oshirishda qo‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimdir. 
Ta’lim berish – ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan 
pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayonidir 
Ta’lim vositalari- o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi, 
ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi har qanday axborot tashuvchilardir. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin