20
ta’minlovchi vazifalarning qanchalik to‘g‘riligi va o‘z vaqtida ta’lim-tarbiyani
tashkil etishda yangi ѐndashuvning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda
tutilgan natijalarni bermaѐtgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali
ta’lim jaraѐnini samarali tashkil etish;
o‘quvchilarning mustaqil ishlashi va mustaqil faoliyatiga keng yo‘l ochish;
tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhimdir.
YAngicha pedagogik munosabatlarning vujudga kelishi o‘quvchi shaxsiga
tabaqalashgan ѐndashuv, ya’ni ta’lim jaraѐnini individuallashtirish tamoyilini
ro‘ѐbga chiqarishni talab etadi. Mazkur tamoyillar asosida ta’lim jaraѐnini tashkil
etishda:
o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish;
har bir o‘quvchi shaxsining eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni
rivojlantirish, ularning qiziqishlari, ehtiѐjlari, qobiliyatlari, tanlagan yo‘nalishlari,
shaxsiy sifatlari, aqliy intellektual xususiyatlarini aniqlash;
har bir o‘quvchining ehtiѐji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha
o‘quv topshiriqlarini tayѐrlash;
ta’lim-tarbiya jaraѐnida o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish lozim. Maktablarda ta’lim jaraѐnini ilmiy-metodik asosda tashkil
etishning muhim jihati sifatida fan o‘qituvchilarining bilim, malaka, kasb-mahorati
doirasida zamon talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlovchi uzluksiz
metodik xizmatni vujudga keltirish zarur. O‘qitish metodlarining har biri o‘zining
umumdidaktik mohiyatiga ko‘ra, ta’lim jaraѐnining sub’ektlari o‘qituvchi va
o‘quvchining hamkorligidagi harakat modeli hisoblanadi.
Zamonaviy boshqaruv
Dostları ilə paylaş: