23
• umumiy tashkiliy maqsadlar va vazifalarni belgilash jaraѐnida barcha
pog‘onadagi menejerlarning bevosita ishtiroki ta’minlangani taqdirda,
ularning
o‘zishiga qizikishi xamda mas’uliyati ortadi;
pirovard natijaga boskichma-boskich erishish imkoniyatining mavjudligi.
Zero, rejaga muvofik ma’lum vaqt mobaynida muayyan natijalarga erishish ko‘zda
tutiladi.
Bozor
iqtisodiѐtiga
o‘tish sharoitida boshqarish xususiyatlariga
quyidagilarni qo‘shish maqsadga muvofikdir:
•
har bir shaxs ijodiy kuchlarining namoѐn bo‘lishi imkonini beruvchi
boshqaruv shakli va uslublarigina maqbuldir;
•
boshqaruv moslanuvchan bo‘lishi kerak, ya’ni boshqaruv Kadrlar tayѐrlash
milliy dasturini ro‘ѐbga chiqarish maqsadida o‘zgaraѐtgan vaziyatlarga o‘z
vaqtida
munosabat bildirishi kerak;
•
jamoaning o‘quv-tarbiya faoliyatini rejalashtirishda moddiy harajatlar
masalalarini ularning maksimal samaradorligi asnosida hal qilish (iqtisodiy
dastaklarni ishga solish) zarur;
•
boshqarish jamiyat rivojining ob’ektiv qonunlarini bilish, yangi hodisalarni
umumlashtirish, ishdagi ilg‘or yo‘nalishlarni hisobga olish ishlariga tayanadi;
•
boshqarishni takomillashtirishda sub’ektivizmga yo‘l qo‘yilmaydi,
muvaffaqiyatlar vazifalarning qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi va o‘z vaqtida
bajarilishiga bog‘likdir;
•
boshqarishning samaradorligiga rahbar xodimlar
va shu kabilarning bilim
saviyasi va kasbiy tayѐrgarligi ta’sir qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda
ta’limni
boshqarishda
quyidagi
zamonaviy sakkiz asosiy tamoyil
ma’qullanmokda.
Topshiriqni
bajarishga yo‘naltirish
Ijrochilarga mo‘ljallab ish
tutish
Muammoni
hal
qilishga
ijodiy
ѐndashuv
(o‘zgarishlarga
moslashish
uchun
tafakkurning
barcha imkoniyatlarini ishga solish)
Jamoa
a’zolarining
hamkorligi va kommunikatsiya
Sifatli
natijalarga erishish
uchun maqsadni to‘g‘ri belgilagan
holda rejalashtirish (siѐsatni ishlab
chiqish — rejalashtirish - ro‘ѐbga
chiqarish, monitoring)
Buyurtmachini
nazarda tutib
ish qilish (buyurtmachi, manfaatdor
shaxslarning
talablarini
bajarish
bo‘yicha xizmatlarni ta’minlash)
Vaziyatga qarab rahbarlik
usulini qo‘llash (vaziyatga va qo‘l
ostidagi
xodimlarga
moslashish
qobiliyatini kuchaytirish)
Ijodiy
fikrlash
ko‘ngildagidek muhit va o‘zaro
munosabatlar, hamkasblarni qadrlash
va hurmatlay olish)
Bir-birini
o‘zaro
yaxshi
tushunish
va ideallarga bir xil
munosabatda bo‘lish (aniq kutilgan
natija, konstruktiv qayta aloqa)
Vakolatlarni
xodimlarga
o‘tkazish
va
ularning
kasbiy
o‘sishlariga ѐrdam berish