25
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli
qarori bilan
tasdiqlangan
―O‘zbekiston
Respublikasi
ta’lim
muassasalarini
davlat
akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida‖gi nizomga muvofiq tuziladi.
Akkreditatsiya guvohnomasini taqdim etish shartlari,
maktab boshqaruvi,
o‘qituvchilarning bilim saviyasi, o‘quv, moddiy-texnika bazasi, pedagogning kasbiy
salohiyati, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchining intellektual
rivojlanishidagi o‘rnlari inobotga olinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishga
tayѐrgarlik ko‘rish va amalga oshiriladigan ishlar tartibi
Attestatsiyadan o‘tkaziladigan ta’lim muassasasi rasmiy ravishda 3 (uch) oy
oldin ogohlantirilishi kerak. Bunda ta’lim muassasasiga
tuman hokimining qarori,
T(SH)XTBning buyrug‘idan ko‘chirmalar va attestatsiyaga oid hujjatlar to‘plami
etkazilgan bo‘lishi shart.
Ta’lim muassasalari attestatsiyaga tayѐrgarlik ko‘rish va uni belgilangan
muddatda o‘tkazish uchun attestatsiyada o‘rganiladigan hujjatlarni to‘plashi, kerakli
jadvallarni to‘ldirishi, ya’ni ichki nazoratni o‘tkazgan bo‘lishi kerak. Ta’lim
muassasasi attestatsiya jaraѐni oldidan ichki nazoratni
quyidagi tartibda amalga
oshiradi:
a) navbatdan tashqari pedagogika kengashini o‘tkazish;
b) jamoani attestatsiya o‘tkazilishi haqidagi buyruq bilan tanishtirish;
v) bo‘limlar uchun mas’ullarni belgilash;
g) attestatsiya jaraѐnida o‘rganiladigan jadvallarni to‘liq to‘ldirish uchun
mas’ulni belgilash.
Dostları ilə paylaş: