35
Ekspert ta’lim muassasasida o‘quv haftasining boshidan o‘quv haftasining
oxirgi kunigacha (6 kun davomida) faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalarida o‘quv
jaraѐni 1, 2, 3 navbat (smena)larda tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. O‘quv jaraѐni 1,
2 navbat (smena)da tashkil etilgan ta’lim muassasalarida nazorat ishlari 2, 3, 4-dars
soatlarida, 3 navbat (smena)lik ta’lim muassasalarida 2, 3-dars soatlarida o‘tkazilishi
tavsiya etiladi.
Nazorat ishlarini olishda ta’lim muassasasining o‘quv jaraѐniga
halaqit
bermasdan, nazorat ishlari olinadigan sinf va o‘quv fanlari dars jadvaliga asoslangan
holda alohida grafik bilan Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda tashkil
etilishi shart.
Bitta sinfdan bir kunda ikkita o‘quv fanidan (45 minutdan 90 minut) ortiq
nazorat ishi olinishi mumkin emas. Nazorat ishlari ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan
kuni tekshiriladi va baholanadi.
Bitiruvchilar va o‘quvchilardan quyidagi o‘quv fanlaridan ѐzma, test va
og‘zaki shakllardagi nazorat ishlari olinadi:
Dostları ilə paylaş: