Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Nazorat savollari. 
1. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkilotining eng asosiy 
vazifalariga nimalar kiradi?
2. Akkreditatsiya guvohnomasini taqdim etish shartlari nimalardan iborat?
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qanday mezonlar bo‘yicha baholanadi?
4. Qanday maqomga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 
bitiruvchilariga davlat nomunasidagi shahodatnoma beriladi?
5. O‘quv-tarbiya jaraѐnini tashkil etish va uning mazmuni nimadan iborat?
 
 
 
 
 
3-mavzu: Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik va metodik 
xizmat uzluksizligini ta’minlash ( 2 soat nazariy mashg‘ulot) 
REJA: 
1. Dasturiy, maqsadli ѐndashuv – maktab ichki muqobil metodik ishini ishlab 
chiqishning strategiyasi.
2. Uzluksiz metodik xizmatning ta’lim muassasasi pedagog kadrlari 
salohiyatini oshirishdagi ahamiyati. Tayanch so‘zlar: axborotli; izlanishli; 
strategiyali; tabaqalashtirilgan ѐndashuv; yakkalashtirilgan ѐndashuv; makromadaniy 
ѐndashuv; tadqiqiyѐndashuv; texnologik ѐndashuv; illyustratsiya;trening; trener
Dasturiy, maqsadli ѐndashuv – maktab ichki muqobil metodik ishini 
ishlab chiqishning strategiyasi  
Dasturiy-maqsadli ѐndashuvish bugungi kunda ijtimoiy boshqaruvning 
asosi bo‘lib, juda keng tarqalgan hamda barcha faoliyatlar orasida asosiy omillardan 
biri hisoblanadi. Bunda ijtimoiy boshqaruvning turli vazifalari: axborotli, izlanishli, 
istiqbolni belgilash, strategiyali va h. k. birlashadi.
Dasturiy-maqsadli ѐndashuvishda gap faqat maqsadlar haqida emas, balki 
o‘zaro bog‘liq, yaxshi tuzilgan maqsadlar majmuasi, metodik tizim va 
pedagoglarning o‘zaro hamkorlik faoliyati aniq natijalarni qo‘lga kiritishga 
yo‘naltirilgan faoliyat haqida so‘z boradi.
Metodik ish tizimida tabaqalashtirilgan ѐndashuv.  
Pedagogik jamoa – murakkab, ko‘p tizimli boshqaruv ob’ektidir, chunki 
uning a’zolari ѐshi, jinsi, kasbiy tayѐrgarlik darajasi, shaxs rivojlanishi kabi sifatlar 
bilan farqlanadi.
Tabaqalashtirilgan ѐndashuv pedagogik jamoani tabaqalashtirishda; metodik 
ish tizimida: pedagoglar bilan frontal ishlashdan individual (yakkalashtirilgan), 
guruhli va jamoaviy shakllarga o‘tish, ishni tashkil etishning darajali modeliga o‘tish 
va h.k.da namoѐn bo‘ladi.


38 
Maktab ichki metodik ishini pedagogik jamoaning ijodiy, kasbiy mahorati va 
boshqa sifatlari bo‘yicha tabaqalashtirish o‘qituvchilar kasbiy mahorati darajasini 
oshi-rishga, psixologik, nazariy va amaliy jihatdan tayѐrligini mustahkamlashga olib 
keladi.
O‘qituvchilarga nisbatan tabaqalashtirilgan ѐndashuv ularni metodik jihatdan 
o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan tadbirlar majmuasi (psixologik, 
pedagogik, metodik va tashkiliy boshqaruv)ni ishlab chiqishga ѐrdam beradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin