39
Tashkiliy madaniyatning barcha 4
ta turini, shuningdek, hududlardagi qator
ta’lim muassasalarida mualliflik metodik tizimlarini yaratish tajribasini tahlil qilgan
holda, pedagoglarning shaxsiy mualliflik tizimlari
ustunlik qilishiga sabab
―yulduzlar madaniyati‖, mualliflik umumta’lim maktab metodik tizimini yaratish va
amalga oshirish – ―orden‖ madaniyati va ta’lim muassasasining jamoa-faoliyat
madaniyati paydo bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi.
SHunday qilib, ta’lim muassasasini boshqaraѐtgan rahbar uni tashkil etish
madaniyatini
anglab etsa, innovatsion-metodik, ta’lim-tarbiya va boshqa jaraѐnlarni
boshqarishning muqobil strategiyasini belgilashga imkon beradi.
Tadqiqiy ѐndashuv – tajriba-sinov metodik ishining ilmiy asosidir
Metodik ish tizimiga tadqiqiy ѐndashuvmasdan turib, ta’lim muassasasini
yangilash, innovatsiyalarni amalda qo‘llash va muqobil
optimal metodik tizimning
loyihasini yaratish mumkin emas. Zamonaviy rahbar o‘zining shaxsiy tadqiqot
faoliyatini boshqarish, shu bilan birga pedagog va bolalar-ning tadqiqotchilik ishini
faollashtirishda lider (sardor) bo‘lishi kerak.
Bugun
ta’lim
muassasalarida
amalga
oshirilaѐtgan
innovatsion
o‘zgarishlarning turli-tumanligi o‘tkazilaѐtgan qator ilmiy tadqiqotlardan iborat.
Tadqiqiy ѐndashuvish rahbarning
kelajakni rejalashtirish, modellashtirish,
eksperimental, loyihalash, refleksiv faoliyati bilan bevosita bog‘liq.
Pedagogik
loyihalash, bir tomondan, nazariy bilimlarni talab qilsa,
ikkinchi tomondan, tajriba-
sinov davrida kafolatlangan natijalarga erishish maqsadida jamoa faoliyatini
algoritmlashtirilgan – texnologik ѐndashuvni tashkil etish qobiliyatini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: