Texnologik ѐndashuv – zamonaviy ta’lim paradigmasining asosi sifatida o‘zgarishi pedagogik jaraѐn ishtirokchilaridan o‘zgacha mazmun, o‘zgacha
munosabatlarni, o‘zgacha xulqni, o‘zgacha pedagogik mentalitetni talab qiladi.
Metodik jaraѐnni boshqarish texnologiyasi – eng kam vaqt, moddiy va
boshqa ashѐlarni sarflagan holda, belgilangan maqsadga erishish uchun
boshqariladigan tizimga maqsadli ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Agar maqsad faoliyat natijasining yuksak modeli bo‘lsa, u holda metodik
ishni boshqarishning maqsadi uni rivoj-lantirish, yangi sifat darajasiga ko‘tarish,
innovatsion ish tartibiga o‘tkazishdan tashkil topadi.
Metodik
jaraѐnni
boshqarish
texnologiyasi
rahbardan
boshqaruv
texnologiyasining bir necha: tahlil, maqsadga erishish, diagnostika (tashxis) qilish,
istiqbolni loyihalash va modellashtirish, dasturlash va shu kabi boshqa turlarini
bilishni taqozo etadi.
Texnologik ѐndashuvmaktab metodik ishi tizimida: ishlab chiqilgan va
aprobatsiya qilingan tahlil va istiqbolni rejalashtirish, hujjatlar bilan ishlash, metodik
haftaliklar o‘tkazish, interfaol metodikalar tizimini tadbiq etish va boshqa shu kabi
shakllarda namoѐn bo‘lishi mumkin. Texnologik ѐndashuv aniq belgilangan va
tizimli tashkil etilgan metodik, pedagogik, boshqaruv faoliyatlari algoritmlari asosida
rejalashtirilgan natijalarning yuqori darajasiga erishishni ta’minlaydi.
Muqobillashtirilgan ѐndashuv Muqobillashtirilgan ѐndashuv va u bilan bog‘liq ergonomik, valeologik va
ortobiotik ѐndashuvlar alohida pedogog faoliyatida ham, ta’lim muassasasi ishida
ham doimiy ravishda umumta’lim maktab metodik tizimini yaratuvchi mualliflar va
hammualliflar faoliyatida dolzarb mavzu hisoblanadi.
40
Barcha innovatsion ѐndoshuvlar o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan,
metodik jaraѐnni optimallashtirish (diagnostika, tabaqalashtirish va boshqalar kabi)
texnologiyalashtirish jaraѐnlari bilan bog‘liq.