44
Ikki qarama-qarshi fikrning muhokamasi. Rahbar muhokama uchun bitta
muammoga oid ikki xil qarashni taklif etadi. Bunda pedagog o‘z fikrini baѐn etishi
va asoslashi lozim.
Amaliy ko‘nikmalarga o‘qitish. Mazkur metod juda samarali hisoblanadi.
Ammo uni oldindan chukur o‘ylab, qaysi pedagogga topshirishni his qilish lozim
bo‘ladi. Davomiyligi bo‘yicha u ko‘p vaqtni (5 daqiqagacha) egallamasligi darkor.
Eng yaxshisi, amaliy ish tajribadan o‘rgatuvchi
elementni berish maqsadga
muvofikdir.
«O‘qituvchi ish kuni» imitatsiya metodi. Pedagog oldida turgan maqsad va
vazifalar shakllantirilib, unga ma’lum vaqt davomida o‘zining ish kunini
modellashtirish tavsiya etiladi. Oxirida rahbar taklif etilgan har bir modelning
muhokamasini tashkil etadi, ijobiy jihatlarini tahlil etadi hamda kamchiliklarini
ko‘rsatib o‘tadi.
Pedagogik krossvordlarni echishi o‘qituvchilarning ma’lum mavzu bo‘yicha
bilimlarini aniqlashga ѐrdam beradi, ularning dunѐqarashini
rivojlantiradi, natijada,
ish sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ularni jamoa bilan ishlaganda hamda individual
metodik tadbirlarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Instruktiv-direktiv hujjatlar bilan ishlash
Pedagoglarga oldindan u ѐki bu hujjat bilan tanishish, o‘z ishida qo‘llash,
ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha ishrejasini ishlab chiqish, mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish so‘raladi. Mazkur ishni har kim mustaqil bajaradi,
pedagogik
kengashda esa, mavjud bitta muammoning echimiga bo‘lgan turli qarashlar
muhokama etiladi.
O‘quvchilar xulqi, ijodining tahlili. Rahbar hujjatlarni tayѐrlaydi, Bular disk,
fleshkadagi ѐzuvlar, o‘quvchilar ijodidan namunalar, ularning xulqi tahlili bo‘lishi
mumkin. O‘qituvchilar material bilan tanishadilar, taxdil qiladilar, o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma, malakasi, rivojlanganlik darajasiga baho beradilar,
mazkur
o‘quvchilarning sinf rahbarlariga, ota-onalariga ѐrdam sifatida tegishli takliflarni
shakllantirib, tavsiya etadilar.
YAgona metodik mavzu bo‘yicha ishlarni qanday olib borish kerak?
Ta’lim muassasasi ma’muriyati tegishli o‘quv yili uchun o‘zining
salohiyatidan kelib chiqqan holda, yagona metodik mavzuni tanlaydi. Agar yagona
metodik mavzu har bir pedagogii qiziqtira olsa, u jamoani jipslashtirish omili sifatida
xizmat qiladi. YAgona mavzuni tanlashda hisobga olish lozim bo‘lgan qator talablar
mavjud. Mavzu pedagoglar ehtiѐjlari va qiziqishlari, ular erishgan natijalardan kelib
chiqqan hamda ta’lim muassasasi uchun muhim va dolzarb bo‘lishi talab etiladi.
YAgona metodik mavzu,
shuningdek, olib borilaѐtgan
konkret ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar tavsiyalari hamda boshqa ta’lim muassasalari jamoalari tomonidan
to‘plangan amaliy tajribalarni ham albatta hisobga olgan holda tanlashi maqsadga
muvofikdir. Bu talablar «velosiped ixtiro etishni» rad etib, jamoa faoliyatiga
sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etishni nazarda
tutadi. Ammo bu jamoa tomonidan tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, mualliflik
dasturlarini, tegishli metodik ishlanmalarni joriy etish amaliѐtini hech ham rad
etmaydi. Amaliѐt, shuningdek, metodik mavzuni tanlashda istiqbolni hisobga olish
yaxshi samara berishini isbotlaydi. Ta’kidlash joizki, yagona metodik mavzu
45
muassasada olib borilaѐtgan hamma metodik ishlar formalari hamda pedagoglar
mustaqil ishlari mavzulari bilan uyg‘un holda bo‘lishi talab etiladi.
Jamoaning yagona metodik mavzu ustida olib borgan ishlarini ta’lim
muassasasini rivojlantirish mual- liflik modeli, tajribadan kelib chiqib ishlab
chiqilgan metodik ishlanmalar, tavsiyalar tashkil qiladi.
Ishchanlik o‘yini deganda biz nimani tushunamiz?
Ishchanlik o‘yini — bu ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalar va tartib asosida turli holatlarda boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishga
asos bo‘ladigan imitatsiya metodidir. «O‘yin» atamasining o‘zi ko‘p
tillarda hazil,
kulgi kabi tushunchalarga to‘g‘ri keladi hamda mazkur jaraѐnning ijobiy hayajonli
lahzalar bilan aloqadorligidan darak beradi. Ishchanlik o‘yinlarining metodik ishlar
tizimida paydo bo‘lishi aynan shular bilan izohlanadi. Ishchanlik o‘yinlari qiziqishni
orttiradi, yuqori faollikni chaqiradi, real pedagogik muammolarni hal etishda
ko‘nikmalarni takomillashtiradi. Umuman olganda, ishchanlik o‘yinlari, ularning
konkret holatlarning ko‘p qirrali holatlari tahlili bilan joriy
etilishi nazariya bilan
amaliѐtning uyg‘unligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: