TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
2-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI 8. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va
tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish o‘rta
ta’limning maqsadi hisoblanadi.
O‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
O‘quvchilariga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab
etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy ta’lim beradi.
9. Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda
bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy
bilimlarni shakllantirish;
o‘quvchilarda
milliy
hamda
umumbashariy
qadriyatlarni
uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z
Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va innovatsion
pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;
o‘quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari,
ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit
yaratib berish;
mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘quvchilar uchun maxsus va
chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha
kasbiy ta’lim berish.
10. Umumta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’limning maqsad va
vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-
texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi.