58
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumta’lim
muassasalarining
I
-
XI
sinflarida
"CHet
tili"
fani,
ayrim
fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar,
V - XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari", ta’lim tili o‘zbek
tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II - XI sinflarida "O‘zbek tili"
fani hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II - XI
sinflarida "Rus tili" fani;
o‘quvchilardan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”, V-
IX
sinflarda
“Texnologiya”,
X-XI
sinflarda
“CHaqiruvga qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari (o‘g‘il va qiz bolalar).
29. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar umumiy o‘rta
ta’limning tayanch o‘quv rejasi va umumiy o‘rta ta’lim dasturi asosida
amalga oshiriladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan davlat
ta’lim standartlari asosida yangi o‘quv yili uchun o‘quv reja va unga
tushuntirish xati ishlab chiqiladi hamda har yili 1 avgustga qadar umumta’lim
muassasalariga etkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq
ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
32. O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta
ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat
qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat
turlari olib boriladi:
joriy nazorat - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
muntazam ravishda nazorat qilish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar
ko‘rinishida o‘tkaziladi;
oraliq nazorat - chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining
bir qismi tugaganda amalga
oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon
hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining
yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga
qaror qilinadi;
yakuniy nazorat – tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim
tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
"CHet tili" fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro
baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat
qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
33. Umumta’lim muassasalarining V –VIII va X sinf o‘quvchilari
tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan
so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.
59
34. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumta’lim
muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan o‘quvchilar yakuniy davlat
attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat
attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari,
tanlovlari,
musobaqalari hamda boshqa ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat
attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda,
ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod
etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik
baholar asosida amalga oshiriladi.
35. Umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan o‘quvchilarga
davlat namunasidagi tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma,
VIII -
IX sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa
ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan
bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan bitiruvchilarga
davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, X - XI
sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega
bo‘lgan,
yakuniy
davlat
attestatsiyasini
muvaffaqiyatli
topshirgan
bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumiy
o‘rta ta’lim
muassasalarining
9-sinfini
bitirganlik
to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha
fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali
xulq-atvorli va jamoat
ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi.
Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi,
namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush
medal bilan taqdirlash tartibini tasdiqlash va uni berish tartibini belgilash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning hamda oltin va
kumush medallarning davlat namunasini tasdiqlash va uni berish tartibini
belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan amalga
oshiriladi.
36. Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim dasturlarini
mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat
attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. YAkuniy davlat attestatsiyasini
eksternat
tartibida
muvaffaqiyatli
topshirgan
bitiruvchilarga
davlat
namunasidagi shahodatnoma beriladi.
Eksternat to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: