69
“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan
tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi
( Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori) O‘quv
fani bo‘yicha
malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy –
siѐsiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirish;
ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;
xorijiy tillarni o‘rganishni qo‘llab-quvatlash;
kompyuter texnikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shu
jumladan, Internet jaxon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash.
Attestatsiya
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari pedagog kadrlari uchun har besh yilda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari pedagog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Ishga yangi qabul qilingan kadrlar bir yildan so‘ng, oliy ѐki o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalrini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy
faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi.
Mehnatga laѐqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat ―uch
oydan ortiq‖ davolanaѐtgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish
ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng
attestatsiyaga jalb etiladi.
Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
kasb-hunar va maktabdan
tashqari davlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda-ta’lim muassasalari) rahbarlari
attestatsiya muddatini bir oy oldin e’lon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan
o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan
tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari ѐki
lavozimlari mazkur ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda
saqlanadi.
Bunda xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka
toifasi-etakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi-bosh o‘qituvchi lavozimiga
tenglashtiriladi.
Pedagog kadrlar o‘rta maxsus,
kasb-hunar, oliy ma’lumotli ilmiy daraja
olganligi ѐki qayta tayѐrlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda ko‘rsatilgan
tayѐrlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik ѐki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar
bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.
Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayѐrlov ѐki ta’lim yo‘nalishi,
mutaxassislik ѐki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars beraѐtgan har bir o‘quv fani
bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tuvchilarning har biri uchun
alohida hujjatlar yig‘majildi tayѐrlaydi.
Hujjatlar yig‘majildida attestatsiyadan o‘tuvchining pasporti, diplomi,
attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida olgan va amalda foydalanaѐtgan sertifikati (agar
70
mavjud bo‘lsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, ma’lumotnoma
so‘ngi bir yil davomida o‘tgan
darslarining tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi
xaqidagi ma’lumotlar, ta’lim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud
bo‘lsa) to‘planadi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri (komissiya raisi), xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayѐrlash va ularning malakasini oshirish institutlarining
ma’sul xodimi (komisssiya rais o‘rinbosari), tuman (shahar) xokimligining ta’lim
sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan,
oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim
muassasalari raxbari
(komissiya raisi), xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil
etish tuman shahar bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba
uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy
toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: