Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-Mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv reja va o‘quv



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

3-Mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv reja va o‘quv 
dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish 
(2 soat amaliy mashg‘ulot) 
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil 
etishchoralarini takomillashtirish. 
Amaliy mashg‘ulot frontal usuldan foydalaniladi
 
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN NAZARIY MATERIAL 
Reja: 
1. Ta’lim mazmuni haqida tushuncha va uning ilmiy pedagogik asoslari. 
2. Maktabda umumiy, mahnat va kasb ma’lumotlarining o’zaro bog’liqligi va 
birligi. 
3. Maktabning o’quv rejalari va uning ish mazmuni, o’ziga xos xususiyatlari. 
4. O’quv dasturi mazmuni. Uning tuzilish prinsiplari va unga qo’yiladigan 
pedagogik talablar. 
5. Darsliklar va ularga qo’yiladigan pedagogik talablar hamda o’quvchilar 
mustaqil ishlarini tashkil etishdagi o’rni, ahamiyati. 
6. Hozirgi zamon darsliklarni va o’quv qo’llanmalarni tayyorlashdagi 
muammolar. 
 
Tayanch so’z va iboralar: Ta’lim qonuni, milliy dastur, istiqbol, ehtiyoj, 
fan, texnika, madaniyat, texnologiya, ta’lim mazmuni, ijtimoiy taraqqiyot va h.k.
O’quv dastur, ilmiy bilim, ko’nikmalar hajmi, izchillik, bog’liqlik, ketma-ket, 
konsentrik, (markazlashgan), o’qtirish xati, internet va h.k. 
 
O’zbekiston Republikasida milliy dasturning maqsadi va vazifalarida: 
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmuni mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish zarurligi 
alohida ta’kidlangan. Shunga asoslanib maktab ta’limining mazmuni jamiyatning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning talabalardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Yuqoridagi ijtimoiy 
taraqqiyot yo’nalishlari shu jamiyat uchun qanday tarbiyalangan mutaxassislarga 
bo’lgan talablarga asoslanadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: jamiyatning 


63 
ijtimoiy rivojlanishi, shu jamiyat a’zolarini tarbiyalashning maqsadini, tarbiyaning 
maqsadi esa o’z navbatida maktab ta’limning mazmunini belgilashga asos bo’ladi. 
Buni sodda etib tubandagicha izohlash mumkin: 
jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish 

tarbiyaning maqsad va vazifasini va u o’z 
navbatida 

maktab ta’lim mazmunini belgilashga asos bo’ladi. 
Yoki bu tuzilishning aks holda ko’z oldimizga keltirib tasavvur etsak yanada 
ravshanroq anglaymiz. 
maktab va ta’limi (ma’lumot) mazmuni

tarbiyaning maqsadi va vazifasini u 
o’z navbatida

jamiyatning ijtimliy rivojlanishini jadallashtiradi, takomillashtiradi. 
Maktab ta’limining mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida 
barcha o’rganiladigan fanlardan egallab olishi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan 
bilimlar, ko’nikmalar va dunyoqarashlarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Bu 
jarayon maktab o’quv rejasida ko’rsatilgan har bir o’quv dasturida asoslangan barcha 
o’rganiladigan fanlari asoslari asosida tarkib topadi. 
Ta’limning mazmun bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: 
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari ijtimoiy tuzumning 
xususiyatlari, yo’nalishlari; 
b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan 
maqsad va vazifalari; 
c) o’qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarining imkoniyatlarini 
(yosh imkoniyatlari, rivojlinish darajasi, tarbiyalanganligi va boshqalar) e’tiborga 
oluvchi didaktik talablar. Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy va 
ijtimoiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida 
maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi ijtimoiy tuzumning 
iqtisodiy talab va ehtiyojlari fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab 
kelingan. Inqilob to’ntarishgacha bo’lgan davrida O’zbekiston xududida VII -VIII 
asrlardan beri kelgan eski - “usuli qadmiya”, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
paydo bo’lgan - “usuli savtiya” maktablari, xad - savod o’rgatadigan diniy maktablar 
bo’lgan. 1905 yildan so’ng, o’lkaning ba’zi yirik shaharlarida “jadid” maktablari 
paydo bo’lib unda savdo - sotiq ishlari uchun zarur bo’lgan ayrim fanlar (hisob, 
tibbiyot, geografiya va boshqa) o’qitilar edi. 
Hozirgi bizning maktablarimizda yoshlarga quriq ilmiy bilimlar berilmasdan 
ularga turmushda zarur bo’lgan xalq hunarmandchiligi tabobat asoslari, iqtisod 
asoslari, odabnoma “Konstitusion huquq asoslari, kabi fanlari o’qitilishi ma’qul”.
Hozirgi 
bizning 
maktablarimizda 
ta’lim 
mazmuni 
O’zbekiston 
respublikasining Ta’lim to’g’risidaga Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 
singari xujjatlarida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bular 
quyidagilardir: 
7- modda. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar 
va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Uni 
bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir 
deb qayd etilgan. 
Yuqorida asoslangan talablardan kelib chiqib umumiy o’rta maktablarda 
o’quvchilarga umumiy ma’lumot amalga oshiriladi. Albatta u mehnat ta’limi, kasb 
ta’limi bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. Bu qoida o’quvchilarni ijtimoiy 
hayotda o’z o’rnini topishga bevosita yordam beradi. 


64 
Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomda Davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini 
ro’yobga chiqarish umumiy o’rta ta’limning maqsadi xisoblanadi. Umumiy o’rta 
ta’lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari 
va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, kasb yo’nalishini va ta’limning 
keyingi bosqichini tanlashga ko’maklashadi. 
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi 4 Kadrlar 
tayyorlash tizimi rivojlantirishining asosiy yo’nalishlari 4,3. Ta’lim jarayonini 
mazmunan isloh qilishda kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsplari 
va mutaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy intelektual salohiyati hamda 
umumbashariy qadriyatlariga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning 
mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi deb takidlanadi.
Yuqoridagi pedagogik g’oyalar turli shakldagi ta’lim muassasalari ta’lim 
mazmunini belgilashning asosiy yo’nalishlarni belgilab beradi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin