Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish 
tartibi 
15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish
muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
16. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim fanlari 
bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash 
pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho 
berilgach amalga oshiriladi. 
17. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya 
etilishini nazorat qilish 
18. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga 
oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini 
aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan 
iborat. 
19. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda 
amalga oshiriladi: 
davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish; 
tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish; 
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari 
bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish. 
20. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan 
iborat: 
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi 
tomonidan amalga oshiriladi; 


62 
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq 
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; 
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar 
hamkorligida amalga oshiriladi; 
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda 
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin