Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Dars tahliliga kirgungacha



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Dars tahliliga kirgungacha  
- dars o‘tkazuvchi o‘qituvchi faoliyati bilan tanishish;
- dars mavzusi, dars jadvali, tinglovchilar (o‘quvchilar) guruhi faoliyati bilan 
tanishish;
- oxirgi marotaba qachon, kimlar, nima maqsadda shu o‘qituvchi darsiga 
kirishgani, ularning tahlili, xulosalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
- so‘ngra darsga kirish haqida fikr bildirish hamda maqsadni belgilab olish va 
o‘qituvchini ogohlantirish, maqsadni tushuntirishi kerak.
Demak, biror o‘qituvchining darsiga kirish mo‘ljallangan bo‘lsa, 
o‘qituvchilik kasbi odobiga ko‘ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, 
tashqaridan kelgan shaxslarni) qaysi auditoriya (sinf)ga va qaysi darsga kirish kerak 


74 
ekanliklari bo‘yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, uslub birlashma raisi
imkoniyat bo‘lmay qolgan taqdirda ma’muriyat a’zolaridan biri, tashqaridan kelgan 
kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Har qanday darsga hohlagan 
shaxs (yuqori tashkilot xodimi, rahbariyat, hamkasb va b.) o‘qituvchini 
ogohlantirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishlari madaniyatsizlik (afsuski, 
ko‘pchilik rahbarlar bunga rioya qilmaydilar) hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, ba’zi-
bir anglashilmovchiliklar va psixologik to‘siqlarning oldini olishga ërdam beradi.
Dars tahliliga kirish vaqtida  
- dars o‘tiladigan o‘quv xonasiga qo‘ng‘iroq chalinishidan oldin kirib 
joylashib olish;
- dars tahlilini o‘qituvchini darsga qanday kirib kelishini kuzatishdan 
boshlash;
- darsga kechikib kelish, egnida ortiqcha kiyim, qo‘lida ortiqcha narsalar 
bilan kirib kelish madaniyatsizlik hisoblanadi;
Demak, kuzatuvchilar orqa o‘rindiqlardan birini egallagach, dars boshlanadi.
O‘qituvchi darsga kirganida qo‘lida (ѐki o‘qituvchi stolida) guruh jurnali
o‘quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, darsning texnologik haritasi bo‘lishi kerak, 
kuzatuvchilar dars boshlangunga qadar kerakli xujjatlar bilan tanishib oladilar, xona 
va o‘quvchilarni darsga tayѐrgarlik darajalarini aniqlab oladilar.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin