Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Metodologik tahlil  
Ushbu tahlil mobaynida ta’lim yo‘nalishidagi xukumat qarorlari, talablar, 
davlat tili, milliy ruh, madaniyatning go‘zal durdonalari, shu soha bo‘yicha buyuk 
alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari, respublikadagi oxirgi o‘zgarishlarning 
mashg‘ulot davomida foydalanilishi asos qilib olinishi mumkin.
Ilmiy-pedagogik tahlil:  
o‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy asosida 
chuqur bilishi) qurollanganligi;
shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayѐrgarlik holati;
o‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan 
qurollanib borishi;
dars jaraѐnida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri baѐn etilishi hamda ilmiy 
atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi;
darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi;
darslik materiallarining qo‘shimcha adabiѐt materiallari bilan boyitilishi;
o‘quvchi bajaraѐtgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy 
yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi;
o‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal baѐn 
etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi;
dars davomida, yangi mavzuni baѐn etish jaraѐnida ta’limning tarbiya 
bilan bog‘lanishi;
o‘qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati.
Psixologik tahlil  
Bu tahlilda, avvalo, o‘quvchilarning kayfiyati, ularning sog‘ligi, jamoadagi 
sog‘lom muhit, o‘quvchilarning xushѐrligi, fanga bo‘lgan qiziqishlari, dars beraѐtgan 
o‘qituvchisiga munosabati, o‘quvchilarning hozirjavobligi, sezgir va topqirligi


77 
idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy 
tafakkurlari, o‘quvchilar fantaziyasi, oldida turgan mas’uliyatlariga nisbatan 
o‘quvchilarning irodali ѐki irodasizligi, ulardagi qobiliyat, bilim, ko‘nikma va 
malakalar ko‘lami kabi tomonlar kiradi. O‘qituvchining favqulodda vujudga kelgan 
vaziyatdan o‘z obro‘sini saqlagan hamda o‘quvchi shaxsiga tegmagan holda chiqa 
olishi, o‘zini boshqara olishi ham inobatga olinadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin