Dars tahlilida psixologik holatlar
Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur:
80
o‘quv-biluv jaraѐnida o‘quvchilarni faollashtirish uslublarining
qo‘llanilishi;
diqqat-e’tibor, his-hayajon holatlarning kechishi;
o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirish maqsadida, yangi tushuncha
va fikrlarning qo‘llanilishi;
o‘quvchining aqliy faoliyatlarini ishga sola oldimi? SHunga muhit yarata
oldimi? kabi savollarga javob bor lki yo‘qligi;
o‘quvchi – o‘qituvchi muloqotlari uchun psixologik muhit vujudga
keltirilgan lki keltirilmaganligi;
dars jaraѐnida o‘quvchilarni faollashtirish, undash, ma’qullash, maqtash,
ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, hazil-mutoyiba qilish va maslahatlar berish kabi xatti-
harakatlar unumli qo‘llanildimi?
o‘qituvchi ―Bolalarga do‘stona munosabatda bo‘lish‖ dastur loyihasi
doirasida o‘quvchi bilan samimiylikni va o‘zaro hurmatni joyiga qo‘yishga erisha
oldimi?
dars jaraѐnida ijodiy muhit yaratildimi? O‘quvchilar va o‘qituvchi
o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik sodir bo‘lgan holatlarda o‘qituvchi vaziyatdan
chiqa oldimi?
o‘qituvchi va o‘quvchi orasida muomala madaniyatiga erishildimi?
YUqoridagi psixologik muhitlarni hisobga olganda darsni tahlil etishni
quyidagicha olib borish maqsadga muvofiq:
1. Dars qaysi tilda olib borilishi, uning umumdarslar tizimidagi o‘rni.
2. Dars jaraѐnida didaktik maqsadlarning amalga oshirilishi.
3.Darsning mazmuni (darsda ilmiylik, tushunarlilik, ketma ketlikka rioya
qilinganligi).
4. Darsning uslubiy tomoni, ko‘rgazmali va texnika vositalarning to‘g‘ri
tanlanganligi.
5. Darsda o‘quvchilarni faollashtirish, mustaqil ishlashi va ijodiy
fikrlashlarining tashkil etilishi.
6.O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasi,
ularning bilim sifati va materialni tushungan holda o‘zlashtirilishi.
7. Darsda iqtidorli o‘quvchilarga e’tibor qaratilish darajasi.
8. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganligi.
9. Darsda bolalarni rivojlantirish, tarbiyalashga e’tibor berilishi, darsni
ularning dunѐqarashlariga moslash, o‘rganilaѐtgan materialga munosabatlari, ularni
tahlil qila bilishlari, sintez va umumlashtira olishlari.
10. Darsning haѐt bilan bog‘langanlik darajasi.
11. Darsda me’ѐrdagi ruhiy muhitning yaratilganligi.
Darsni tahlil qilish rahbar va o‘qituvchi uchun avvalo pedagogik mahorat
maktabidir. Ilmiy asoslangan pedagogik tahlil o‘qituvchiga darsning kamchiliklarini
ko‘rish, ularni vaqtida yo‘qotish, mavjud muvaffaqiyatlarni mustahkamlash
imkoniyatini beradi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga
81
kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari tomonidan 4
soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o‘qituvchilari tomonidan 1 soat
o‘qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |