Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Dars tahlilida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xato va kamchiliklar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Dars tahlilida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xato va kamchiliklar  
Darsni maqsadli, malakali tahlil qilish, ayniqsa, ѐsh va tajribasiz maktab 
rahbari va o‘qituvchilari uchun oson emas. Kuzatishlar va tajriba-sinov natijalarini 
hisobga olgan holda, rahbar va o‘qituvchilar tomonidan tez-tez yo‘l qo‘yiladigan 
xato va kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Darsda 
o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan qiziqishlarini 
faollashtirishning turli xil yo‘llaridan foydalanib, o‘qituvchi sinfning yuqori 
faolligiga erishadi, shu bilan bir qatorda ayrim o‘quvchilar uning nazaridan chetda 
qoladi va o‘quvchilarning bir qismi o‘quv jaraѐnida faol ishtirok etmaydilar.
2.Soxta ―muammolilik‖. Muammoli o‘qitish metodlaridan qanday bo‘lmasin 
foydalanishga harakat qilib, o‘qituvchi ayrim hollarda o‘z savollariga o‘quvchilardan 
to‘la fikrlanmagan taxminiy javoblar oladi.
3. O‘quvchilarni mustaqil ishlatish mobaynida yo‘lga qo‘yiladigan xatolar:  
dars jaraѐnida o‘quvchi tomonidan bajarilgan o‘quv topshiriqlarini 
tekshirmaslik;
o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash uchun qulay pedagogik vaziyatni 
vujudga keltirmasdan, o‘quv jaraѐnini oldindan batafsil tahlil qilish;
o‘quvchilarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun ularning ѐshlari va 
fanlarning xususiyatlarini hisobga olmasdan, ularga ortiqcha o‘quv vazifalari berish.
4. Muvaffaqiyatli o‘qitish qoidalarini buzish:  
darsda ko‘rgazmali qurollarni me’ѐridan ko‘p ishlatish;
o‘qitishning texnik vositalaridan noo‘rin foydalanish;
sun’iy tarzda zamonaviylikka intilish va tarbiyaviy daqiqalardan o‘z 
o‘rnida foydalanmaslik.
5.Asosiy ilmiy dalillar, qonuniyatlar, formulalar va isbotlash usullarining 
o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlash-tirilishiga sovuq-qonlik bilan qarash; og‘zaki 
so‘rov metodidan maqsadga muvofiq tarzda foydalanmaslik.
6. Har bir o‘quvchi va sinfdagi o‘quvchilar jamoasini to‘liq o‘rganmasdan 
turli sinflarda bir xil metodlar ѐrdamida dars o‘tish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar 
va zamonaviy metodlardan samarali foydalana olmaslik, tabaqalashtirib o‘qitishga 
e’tibor qaratmaslik, o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etish 
chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ko‘rilmasligi.
7. Dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmaslik, darsda yangi 
bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga tegishli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmaslik va 
ularni me’ѐridan ortiqcha hamda to‘liq tushunib etilmagan uy vazifalari bilan band 
qilib qo‘yish, shuningdek, uyga berilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha zarur 
izohlar, sharhlar va tavsiyalar berilmasligi tufayli o‘quv jaraѐni samaradorligining 
past bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin