Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

3-bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy 
prinsiplari 
6. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, 
shaxs ehtiyojiga mosligi; 
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan 
uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi 
va yaxlitligi; 
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun 
tayanch 
va 
fanlarga 
oid 
umumiy 
kompetensiyalarni 
rivojlantirishning 
ta’minlanganligi; 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash 
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
4-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy 
qismlari 
7. Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 


61 
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; 
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; 
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; 
baholash tizimi. 
8. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — 
tayanch o‘quv reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan 
o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar 
bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
9. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini 
ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
10. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim 
mazmunini o‘quvchiga etkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi 
va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin