66
Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi:
1. Darslik ilmiy bilimlar tizimi va uning mazmuni, hajmi dastur talablariga va
shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi.
2. Darslikda ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g’oyaviy yo’nalish tizimi
izchil bo’lishi, dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri tahlil etilishi, aniq ta’rif
etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi va shu orqali o’quvchilarda ilmiy dunyoarash
va insoniy fazilatlar tarbiyalanadi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi.
4. Darslikda bayon qilinayotgan materialning harakteriga bog’liq holda
tegishli qoida va ta’riflar berilishi,
dalillar keltirilishi, yaxshi bezatilgan bo’lishi,
ba’zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshqa illyustrasiyalar bilan boyitilishi
talab etiladi.
5. Darslik o’quvchilar tushunishi oson bo’lgan jonli tilda yozilishi va fikrlar
aniq va qisqa bo’lishi kerak.
6. Darslikning tashqi ko’rinishi, bezagi o’sha sinf o’quvchilari estetik
didlariga mos kelishi lozim.
Darsliklar bilan bir qatorda maktab ta’limi jarayonida o’quvchilar o’quv
materiali ustida tizimli,uzluksiz, maqsadli ishlashlari hamda o’zlarida ilmiy bilim,
ko’nikma va malakalarni shakllantirishda quyidagi kitob va qo’llanmalardan ham
foydalanadi. Bular: badiiy, ilmiy, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ilmiy -
ommabop adabiyotlar, lug’atlar, atlaslar va kartalar, masala va mashqlar to’plami
xrestomatiyalar, kundalik axborot, ensinlopediya, kinofilmlar hamda internet
axborotlari va h.k.
Darsliklar va o’quv qo’llanmalar
Maxsus ravshanda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Unda o’quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi.
Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo’yiladi.
Darslikdagi fikrlar lo’nda
qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson
shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog’ozda bosiladi, uning
shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo’lishi lozim. Quyi sinflarga mo’ljallangan
darsliklarda rangli illyutrasiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan
asosiy o’rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har
bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi.
Darsliklar o’quv
materialini tezroq, to’laroq va chuqurroq egallab olishga
yordam beruvchi o’quv qo’llanmalari bilan to’ldiriladi.
Yo’nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko’ra o’quv qo’llanmalarni
quyidagilarga bo’lish mumkin.
- o’quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam
beruvchi qo’llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to’plami, ma’lum predmet
bo’yicha o’qish kitobi, kontur kartalar);
- o’rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur
hosil qilishga yordam beruvchi qo’llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar,
diogrammalar, atlaslar),
- ko’nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi ko’lanmalar
(Bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
67
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo’llanmalar (lug’atlar);
- ko’p maqsadda ishlatuvchi qo’llanmalar:
kinofilmlar, ensiklopediyalar va
h.k.
Hozirgi davrda umumiy o’rta ta’lim, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari
o’quvchilari uchun darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu
muammolar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi
uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib
chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim
standartlari asosida ilmiy, o’quv
darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy
o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash
kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi darkor. Darsliklar yaratishda
mualliflararo raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning
sifatini oshirishda
muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o’quv moddiy, nashriyot bazasini
rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi.
Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim
darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: