1. Pirovard maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan ishlar.
2. Kelajak haftada, vaqt imkon bersa, bajariladigan ishlar.
3. Kelajak haftada, vaqt ortib qolganida, bajariladigan ishlar.
Rahbarning o‘z o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasiga
nisbatan boshqarishi ikki xil amalga oshiriladi: tashkiliy va uslubiy.
Tashkiliy tomoni – pedagogik jaraѐnni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga
keltira olish, pedagogik jaraѐnni amalga oshirishda o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va
o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqara olishdir.
Uslubiy tomoni – rahbarlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy,
amaliy, kasbiy va pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo‘lish hamda o‘quv-tarbiya
jaraѐnini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishdek ilmiy malakaga ham ega bo‘lishdan
iborat.
Nazorat uchun savollar: 1. Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar nimadan
iborat?
2. Ta’lim muassasalar rahbarlarining ish faoliyatida zarur deb hisoblangan
qanday talablar mavjud?
3. Camarali rahbarlikka xos xislatlar qatoriga nimalar kiradi?
4. Rahbar mas’uliyati, o‘z ish faoliyati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi,
malakasi, tajribasi haqida gap ketganda qanday muhim jihatlarni sanab o‘tar edingiz?
5. Boshqaruvchi (menejer) faoliyatini tashkil qilishning eng asosiy tamoyillar
nimadan iborat?
6. Rahbar ish faoliyatida vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik oqibatida qanday
muammolar kelib chiqadi?
7. Vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha har bir rahbar va pedagog xodim
nimalarni ѐdda tutishi lozim?
53
2-mavzu: Ta’lim muassasalarining huquqiy-me’yoriy hujjatlari. Davlat ta’lim standartlari ( 2 soat amaliy mashg‘ulot).