47
maktab doirasida barcha sohalardagi ishlarni chuqur o‘rganishi,
tanqidiy
tahlil etib, uni yaxshilash uchun aniq chora-tadbirlar belgilay olishi va amalga
oshirishni ta’minlashi;
fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iylik, jur’atlilik, jamoasi manfaati
yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish, mehnatsevarlik,
adolatli, o‘ziga va o‘zgalarga
talabchanlik ko‘rsatib, barchaga namuna bo‘lishi;
shaxsiy ma’lumoti va uslubiy bilim doirasini doimiy ravishda boyitib
borishi, vaqti-vaqti bilan bu haqida o‘ziga hisobot berishi, ya’ni o‘z-o‘zini nazorat
qila olishi;
individual xususiyatlariga ko‘ra shaxsiy
rivojlanish tizimini yuzaga
keltirish: kasbiy qobiliyat va mahoratini takomillashtirishi, o‘z malakasini muntazam
oshirib borishni shaxsiy reja asosida tashkil etishi;
zamonaviy rusumdagi kompyuter vositalari bilan muomala qila olishi,
ya’ni unda ishlay olish ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi, internet tizimi orqali
axborotlarni olish va maktab jamoasi orasida ommalashtirish ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi;
xodimlarning ѐshi, jinsi, milliy va individual-psixologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ular bilan ishchan muloqot o‘rnata olishi;
maktab jamoasi sha’ni, obro‘sini o‘ylashi, joylardagi xalq ta’limini
boshqaruvchi organlar vakillari maktab jamoasi oldida uning obro‘yi va sha’niga
putur etkazishga yo‘l qo‘ymasligi, maktab
jamoasini himoya qilishi, biroq zarur
hollarda o‘zi intizomsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan ayrim intizomiy
choralarni qo‘llay olishi;
u o‘z faoliyatida kamchilikka yo‘l qo‘ygan pedagoglar bilan imkon qadar
yakkama-yakka suhbat o‘tkazishi, tanqid qilinganda ham xodimning shaxsiga emas,
balki uning noto‘g‘ri faoliyatiga nisbatan munosabat bildirishi, shu bilan birga u o‘zi
tanqid qilaѐtgan xodimining ijobiy salohiyat imkoniyatlarini ham eslatib o‘tishi;
pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi,
ularning har bir
qadamini nazorat qilishdan saqlanishi, yangiliklarni joriy qilaѐtganda yo‘l qo‘ygan
xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi;
pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik;
nutqida nuqsoni bo‘lgan, muomala madaniyatidan bexabar, mijg‘ov,
orastalikni ѐqtirmaydigan va o‘zi ham didsiz, tartibsiz
kiyinib yuradigan shaxslar
maktab rahbari lavozimiga tayinlamaslik;
dunѐda hech narsa abadiy bo‘lmagani kabi, rahbarlik ham abadiy
bo‘lmasligi, uni faqatgina o‘z farovonligini ta’minlash manbai deb tushunmasligi,
bunday kayfiyatga qarshi unda ma’muriy-ijtimoiy, axloqiy, huquqiy immunitet
bo‘lishi;
so‘zi bilan faoliyati orasida mutanosiblik bo‘lishi, doimo axloqiy, huquqiy,
ijtimoiy adolat me’ѐrlariga
rioya qilishi, o‘z vijdoni oldida mas’uliyatni his qilishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: