N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
Dasturga qo‘yilgan talab
Majburiy
O‘qitish tili
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
Baholash tartibi
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
Mavzular nomi
Mavzuning qisqacha mazmuni
Jami
O‘qitishni tashkiliy shakli
Mustaqil ta’lim
Axborot texnologiyalari faniga kirish
Axborot texnologiyalari haqida tushun-cha, ularning jamiyatdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari.. Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari. Axborot uzatish usullari va vositalari. Axborot texnolog-iyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni.
4
N
2
Kompyuterning texnik ta’minoti.
Axborot texnologiyalarining texnik ta’m-inoti. Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari. Kompyuter qurilmalarini soz-lash, ulash va texnika xavfsizlik qoidala-rini o’rganish
4
N
2
Diskning fayl tuzilmasi
Fayl tushunchasi, fayl tizimlari, turlari. Fayllar bilan ishlash: yaratish, nusxalash, arxivlash, ochish, himoya qilish, yo‘q qilish va tiklash.
4
NA
2
Dasturiy ta’minot
Kompyuterning dasturiy ta’minoti, turlari, foydalanish sohalari
4
N
2
Sun’iy intellekt. Tarjimon dasturlash
Sun’iy intellekt tushunchasi. Intellektual tizim. Ekspert tizimlari. Tarjimon dasturlardan foydalanish
4
NA
2
Office dasturlari
MS Office amaliy dasturlari, ABBYY FineReader dasturlarining imkoniyatlari, ulardan foydalanish
16
NA
8
Grafik ma’lumotlar bilan ishlash dasturlari
Grafik ma’lumot formatlari. Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator dasturlari
4
NA
2
Ma’lumotlarni himoyalash
Ma’lumotlarni himoyalash usullari. Usb-fleshda ma’lumotlarni himoyalash; Identi-fikatsiya va autentifikatsiya tizimlari
8
N
4
Kriptografik himoya asoslari
Kriptografiya tarixi. Ma’lumotlarni shifrlash usullari
4
N
2
Antivirus dasturlari
Virus tushunchasi, turlari; Zamonaviy antivirus dasturlari, ulardan foydalanish
4
NA
2
Kompyuter tarmoqlari
Tarmoqlarning texnik vositalari: server, konsentrator, axborot uzatish kabellari, modem; Tarmoq turlari
4
N
2
Internet va elektron pochta
Internet-global Kompyuter tarmog‘i, uning tarkibiy, texnik, dasturiy va axborotli qismlari. Internet bayonnomalari; Elektron pochta ochish va undan foydalanish
4
NA
2
Tarmoqdan foydalanishda axborot xavfsizligi
Internet brauzerlaridan foydalanish, xavf-siz serfing, elektron pochtadan foydala-nishda xavfsizlik choralari
4
NA
2
Modellashtirish asoslari
Model tushunchasi, turlari; Modellashtir-ish turlari; Hodisa-jarayon modelini yaratish
4
NA
2
Zamonaviy dasturlash tillari
Dasturlash tillari haqida tushuncha, zamonaviy dasturlash tillari imkoniyatlari
8
N
4
Jami
80
40
3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash O‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.
Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib,
ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
4. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati 1. D.Akbarov Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari va ularning qo‘llanilishi. -T.: O‘zbekiston mar-kasi, 2009. 432 b.
2. A.Pardayev va boshqalar. Axborot xavfsizligi: muammo va yechimlar. -T.: Yozuvchi, 2004.
3. M.Mamayev, S.Petrenko Texnologii zaщitы informatsii v internete. -S/P: Piter, 2002. 844
Internet manbalari 1. Kitobxon. com.
2. Internet saytlar: www.cert.uz, www.citforum.ru, www.sctc.com, www.tis.com va hokazo.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONАL TА’LIMNING
50410101- Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha “Amaliy matematika” fanidan OʻQUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
Buxgalter va auditor
Oʻquv rejadagi tartib raqami:
1.04
Ajratilgan soat:
60
Toshkent-2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Biznes va boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-metodik birlashmasining 2022-yil 25-avgust 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022 yil 29-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2022 yil 30-avgustdagi 295-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Fan dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Fiskal instituti huzuridagi Toshkent soliq texnikumida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
N. T. Vaxabova
Toshkent soliq texnikumi “Axborotlashtirish va texnik vositalar” kafedrasi bosh oʻqituvchisi
D.F.Mullaboyeva
Toshkent soliq texnikumi “Axborotlashtirish va texnik vositalar” kafedrasi oʻqituvchisi
Taqrizchilar:
Sh. Oʻroqov
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti "Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri
1. Oʻquv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Amaliy matematika
Ajratilgan soat
60
Oʻqituvchining mashgʻulotida qatnashib oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan mavzular soni
23
Dasturning maqsadi
Mazkur oʻquv dasturida oʻquvchilarga amaldagi ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish, oʻqitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlarni qoʻllagan holda mashgʻulotlarni nazariy, amaliy darslar koʻrinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar koʻnikmalar berish maqsad qilib qoʻyilgan.
Matematik ta’limni zamonaviy iqtisodchi, bank ishi mutaxassisi fundamental tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida qarash lozim. Bozor konyunkturasini tahlil qilish yoʻllari va usullari, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilishni oʻrganish orqali talabalarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat.
Oʻzlashtirish (oʻqitish) natijalari
Oʻquvchilarning tabiat, jamiyat, iqtisodiyot haqidagi bilimlarini matematika yordamida tizimga solishni, tabiat va jamiyatdagi real jarayonlarni matematik modellar yordamida oʻrganishni oʻrgatishdan iborat. Talabalarni chiziqli algebra, chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish, differentsial va integral hisob, differentsial va chekli ayirmali tenglamalarning hamda analitik geometriya asoslari; oʻzgaruvchi miqdorni, birinchi navbatda funksiyani tekshirishning fundamental usullari (tabiat qonunlari, texnika va iqtisodiyotning turli jarayonlari funksiya orqali ifodalanadi); funksiyani tekshirishning asosini tashkil etuvchi va cheksiz kichik miqdorlar tahliliga tayangan differentsial va integral hisob; tabiat qonunlarini, texnika va iqtisodiyot jarayonlari matematik modelini tuzishda nazariy fundamental ahamiyatga ega boʻlgan differentsial tenglamalar nazariyasining boshlangʻich tushunchalari bilan tanishtirish.
Matematik bilim va koʻnikmalarni mustaqil ravishda egallashi, undan amaliy faoliyatda foydalanishi hamda oʻzini oʻzi rivojlantirish.
Bilimlar
- matematikani iqtisodiyotdagi roli;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olishni bilish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llay olishni bilish;
- mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matritsaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi ma’lumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olishni bilish;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;
Koʻnikmalar
- matematikani iqtisodiyotdagi rolini tasniflash;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llash;
- mantiqiy fikrlash;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratish;
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matrisaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi ma’lumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olish;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yarata olish.