Tayyorlov guruhlarida ijtimoiy hissiy (emotsional)rivojlanishiga doir faoliyat turlarini loyihalashtirish



Yüklə 368,09 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü368,09 Kb.
#194938
1   2   3   4   5
Tayyorlov guruhlarida ijtimoiy hissiy (emotsional)rivojlanishiga

2.2. Maktabgacha yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo
qiladigan muammolar

Bola faoliyati, atrof olamni va o`zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bo`lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar hamda xissiyotlarni o`zidan o’tkazadi. Emotsiya va xissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan o`z qonunlariga ega.


Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo bo`ladi. Bu kechinmalar tabiyi extiyojlarning qondirilishiga bog`liq ravishda
vujudga keladi (qondirilsa – ijobiy, qondirilmasa – salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq bolalardagi eng oddiy emotsiyalarni hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalaridan farqlash kerak. Chunki emotsiyalarning namoyon bo`lish shakli insonda ijtimoyi xarakterga ega. Ikki yoshdan boshlab bola uchun bolalarning shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaktsiyalarni eng informativ (ko`p axborot beradigan) bo`lib hisoblanadi. Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy tasir ko`rsatadi.
Emotsiyalarning rivojlanishi ularning differentsiatsiyasi, kechinmalarning boyib borishi singari ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar
xavotir, xavotirlanish, jahl, jirkanish; ijobiy kechinmalar - shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yaqinlashishi ko`rinishlarida namoyon bo`lishi mumkin.
Bolalar xissiyotlarini rivojlanishi muayyan ob`ektga yo`naltirilgan emotsiyalarning umumlashgan sifatida ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg`otuvchi ob`ektdan munosabatdagi sub`ektgacha ajralib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolada emotsiya va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy tomonlari rivojtopadi.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoyi vaziyatlar bilan bog`liq. Bolaning vaziyatni tushunishi, vaziyatni va undagi o`zgarishlarni boshidan kechirishi muayyan emotsional holatni xosil qiladi.
Maktabgacha (bog`cha) yoshidagi bolalarning keng tarqalgan muammolari quydagilardir:
Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mosligi, ya`ni nutqta rivojlanishidagi qiyinchiliklar, xotira, diqqatining yomonligi va boshqalar;
Maktabda o`qishga tayyorgarlik. Bu erda muammo ota - onaning bolani 6- yoshdan o`qitishga qaror qilinganligi va bu bilan bog`liq bola maktabda yaxshi o`qib, keta oladimi yoki yo`qmi;
Shaxsiy rivojlanishning salbiy ko`rinishlari va odamlarga kirishib, ketishlik muammolari;
Bolaning o`z harakatlarini rejalashtira, boshqara va baholay olmasligi. Ota - onaning bola bilan nizolashishi;
Bolaning bolalar muassasasiga ko`nikishi.
Yuqoridagi keng tarqalgan muammolarni tuzatish masalalariga to`xtalsak agar, unda bog`cha yoshidagi shaxsni mukammal o`rganishimiz kerak. Chunki bog`cha yoshidagi bolalarning aqliy taraqqiyotini korrektsiya qilish sezgi va idrok qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalarini o`z ichiga oladi. Bolalarning sezish qobiliyatlarini tuzatishda idrok operatsiyalarini rivojlantirish va sezgi namunalarini o`zlashtirish sifatida amalga oshiriladi. Barcha bolalar uchun rasm chizish, plastilindan har xil narsalar yasash, applikatsiya va qo`rilish faoliyatlari keng qo`llaniladi. Bog`cha yoshidagi bolalarning tafakkurini tuzatishda bilish motivlarini rivojlantirish, obrazli tafakkurini rivojlantirishda esa syujetli, rolli o`yinlar, qoidali o`yinlar muhim rol o`ynaydi.

Xulosa
Shunday kilib, kurs ishi tadqiqot ishimizga yakun yasaylik.


“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e`lon qilingan 2021 yilda O`zbekistonda yoshlarga davlat, jamiyat va oilaning sog`lom zurriyot tarbiyasi uchun e`tibor va g`amxo`rligini oshirish, yoshlarni sog`lom, barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida katta ishlar qilinmoqda.
Ma`lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e`lon qilinishini xalqimiz zo`r mamnuniyat bilan kutib olgan. Bu boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish, hayrli tashabbuslarni amalga oshirish imkonini beradi. Oila, jamiyat, mamlakat hayotining kelajagi farzandlarga, avlodlarga bog`liq. Kelajak sog`lom, ishonchli, erkin va barqaror bo`lishi uchun farzandlar ham sog`lom, jismoniy, ma`naviy, intellektual jihatdan barkamol bo`lishlari zarur.
Darhaqiqat, har birimizning, shu jumladan, maktabgacha ta`lim muassasalaridagi xodimlarning va boshlang`ich maktab pedagog-o`qituvchilarning zimmasidagi vazifalar ham nihoyatda mas`uliyatlilidir. Yurtboshimiz ta`qidlaganidek «.. . bolani go`daklikidan ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan to`g`ri tarbiyalashni, bu davrda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada va ta`lim muassasasida joriy qilish ayniqsa zarurligini tushunib olishimiz lozim».
Hozirgi kunda maktabgacha ta`lim va boshlang`ich maktab – kelajak avlod kamoli uchun poydevor hisoblanadi. Tarbiyachi va o`qituvchiga alohida bilim, fidoyilik lozim. Qolaversa, bu dargohlardagi butun jarayon davlatimiz tomonidan qo`llab-qo`vvatlanadi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayerlash milliy dasturi», «Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni butun jahon e`tirof etmoqda.
Albatta, eng avallo pedagoglar o`z ishida har bir bolaning ruhiyati, qizikishi, qobiliyati, irodasi, zehnini, va ayniqsa, uning xissiyotlarini aniqlab bilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Oʼzbekiston Respublikasining «Talim haqida»gi Qonuni, T.,2021y.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 30- sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.

  3. В.А.Якунин «Педагогическая психология», Санкт-Петербург, 2000г.

  4. Г.С.Абрамова «Возрастная психология», М., «Академия», 1999г.

  5. Л.Ф.Обухова «Возрастная психология», М., 1999г.

  6. Р.М.Грановская «Элементы практической психологии», Л.,ЛГУ, 1988г.

  7. Л.Ф.Бурлачук «Психология личности», Киев, «Здоровье»,1989г.

  8. М.В.Гамезо, И.А.Домашенко «Атлас по психологии», М., 1999г.

  9. Е.И.Бондарчук, Л.И.Бондарчук «Основы психологии ипедагогики»,

Курс лекций, киев, высшая школа, 2002 г.

  1. А.А.Радугин «Психология и педагогика», Москва, 1999г.

  2. Ю.Б.Гиппенрейтер «Введение в общую психологию», М., МГУ, 2006г.

  3. Nishanova Z., Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya darslik Toshkent:

« O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. — 600 b.

  1. Nishanova Z., Qurbonova Z, Abdiev S.; Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya: o'quv qo'llanma O 'z R Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. -T.:

«Tafakkur-bo‘stoni». 2011. 304 bet

  1. Xalilovna S,. Jalilova R, Aripova S. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” o‘ quv qo‘ llanma

  2. G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi

  3. Gulyamov Dj.R,.Mamatqulov D.A,.Axmedova M.T, Umarova M.X.,.Abidjanova

M.A “ Neyropedagogika” Toshkent -2017 . TDPU

  1. Davletshin M,.To’ychievaS ,Umumiy psixologiya T.:TDPU, 2002.–202b

  2. Mamatov R.R “Uzluksiz ta’limda o‘smirlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” magistrlik dissertatsiyasi 76- bet

  3. Maxmudova D.A., Redjabayeva M.Z., O'zbekiston Problems of modern continuing education:innovation and perspectives –I .April 27, 2018

  4. www.bilimdon.uz, www.tatu.uz, www.ziyonet.uz., www.de.uz.,

  5. www.psycho.all.ru, www.rsvpu.ru, www.herzen.spb.ru,

  6. www.vlados.ru, www.psycholodies.ru, www.piter.press.ru.

  7. www.psyedu.ru, www.psy.net.ru, www.psylib.org.ua.

  8. www.psy.piter.com. (Псипортал, Столица сетевой психологии)

,


Yüklə 368,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin