Kurs ishining ob`ekti. Maktabgacha ta`lim tashkiloti.
Kurs ishining vazifalari. Prezidentimiz maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bog‘chalarda sifat va qamrovni oshirish, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish choralari haqida axborot berildi. Xususan, aholisi zich yoki qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan hududlarda yangi davlat bog‘chalari quriladi hamda xususiy sektor kengaytiriladi. Kam quvvatda ishlayotgan maktablarda tayyorlov guruhlari tashkil etiladi.
Davlat rahbari bu soha ayollarga yengillik yaratish va farzandlar tarbiyasida muhim ekaniga alohida e’tibor qaratdi.
Mutasaddilarga ta’lim sifatini yaxshilash, dasturlarni takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi.O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi. Prezident mutasaddilarga ta’lim sifatini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
16-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishish davomida mutasaddilarga maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati. Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.
Joylarda o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda aholi bog‘chalarni yanada ko‘paytirish istagini bildirgan. Shunga asosan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim jarayonini yangi tartibda tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kurs ishining tuzulishi.Kirish, asosiy qism, 2 ta bob 5 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat.
I.BOB. Tayyorlov guruhlarida ijtimoiy hissiy (emotsional)rivojlanishiga doir faoliyat turlari
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy – hissiy rivojlantirishga doir olib boriladigan pedagogik ishning mazmun mohiyati.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy hayotning tobora axborotlashuvi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining murakkablashuvi yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularni ijtimoiylashtirishni taqoza etmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotilari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy munosabatlarini tog‘ri tashkil etishga tayyorlash kelajakda o‘ta murakkab jarayonda samarali faoliyat yurita olishlari uchun imkon beradi.
Maktabgacha yoshdagi boalalarni tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan muloqatchanlikka o‘rgatish psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Bola uchun ijtimoiy munosabatlar sub’yektlari; ota-onalar.oila a’zolari,tengdoshlari,tarbiyachi va enaga.
“Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam” dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishida kattalar va tengdoshlari bilan muloqotchanlikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Har qaysi yosh guruhiga tegishli bolalarni ijtimoiy munosabatlarga kirishishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalar berilgan.
"Ta’lim to’g’risida"gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.
"O’zbekiston Respublikasida davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotisi to’g’risida Nizom" ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berish orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi me’yoriy xujjat xisoblanadi.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy hayotning tobora axborotlashuvi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining murakkablashuvi yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularni ijtimoiylashtirishni taqoza etmoqda.
Maktabgacha yoshdagi boalalarni tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan muloqatchanlikka o‘rgatish psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotilari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy munosabatlarini tog‘ri tashkil etishga tayyorlash kelajakda o‘ta murakkab jarayonda samarali faoliyat yurita olishlari uchun imkon beradi.
Maktabgacha yoshdagi boalalarni tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan muloqatchanlikka o‘rgatish psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Bolalar jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar o‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning etarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bo‘lib koladi, u boshqa bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bo‘lsa yon bosishi o‘rganib oladi.
Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi kerak.
Keyinchalik jamoada hayot tajribasining to‘plapishi natijasida «men», «meniki» tushunchasining o‘rnini «biz», «bizniki» degan tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning o‘zini jamoa a’zosi deb tushunib olganidan va o‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga buysundira oladigan davridan boshlanadi.
YAxshi o‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan o‘zini bir qatorda qo‘yishi, ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, shu bilan birga senyolg‘iz emassan, sen to‘g‘ringda boshqalar ham o‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxo‘rlik qiladi degan ma’noni anglatadi.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur hisoblashadi. Bular:
bog‘chaxodimlarining o‘zaroxamjihat bo‘lishi;
bolalar hayotini tashkil etish;
o‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor jihatdan ham bolalar soniga to‘g‘ri kelishi;
bolalarda o‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish;
oila bilan mustahkam aloqa o‘rnatish,
bolalarga xulq - atvor me’yorlari va qoidalarini o‘rgatib borish.
- bolalar o‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum tomonga yo‘naltiriladi, boshqariladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda . jamoatchilik munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab guruhidir.
Bunga bolalarning do‘stlashishi, birga o‘ynash va mehnat qilish xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va buyumlarni asrashikabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi.
Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy yo‘naltirilgan hodda takllanishiga yordam boradi, bolada insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi.
- Atrofdagi odamlarni-kattalarni va tengdoshlarini yaqindan bilib olish uchun:- kattalar bola bilan o‘yin orqali, badiiy, musiqali, sahnalashtirish faoliyatlari orqali (ertaklarni sahnalashtirish, qo‘g‘irchoq, soya teatrlari) hissiy jihatidan to‘yingan mazmunli muloqotni tashkil qiladi;
- bolalarni kattalar va boshqa bolalar bilan o‘zaro bir-biriga hissiy yaqinlik, o‘ziga tanish kattalarga va tengdoshlariga nisbatan ishonch, o‘zaro bir-birini tushunish hissini tarbiyalash lozim. Kattalarning va boshqa bolalarning hissiy holatlarini: sevinish, faxrlanish, tinchlanish, jahldorlik kabi xususiyatlarini, hayajonlanishlarini tushuna boshlaydilar; shaxsiy sifatlarni shakllantirish turli faoliyatlarda; jamoada o‘zini tuta bilishga o‘rgatiladi; agar inson charchasa, nimadandir arazlasa, kayfiyati tushsa, jahli chiqsa uning kayfiyatini sezish mumkinligini tushuntiradi.
- insonlarning teatrda, muzeyda, ko‘rgazmada, transportda, pochtada, bankda, stadionda, magazinda o‘zini tutish haqidagi diafilmlarni, videofilmlarni, video lavhalarni ko‘rsatish, bolalarni o‘zini tutish haqidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek bolalar muassasadagi o‘yinlari, mashg‘ulotlari, bayramlari haqidagi tasavvurlari kengaytirib boriladi. Muzey, teatr, ko‘rgazmalar, sayr va ekskursiyalarni tashkil qilish orqali bolalarni kishilar dunyosi bilan qiziqtiriladi.
- kattalar va boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishlarini qo‘llab- quvatlab, ularning takliflariga javob berish, kattalarning mehnatiga nisbatan havas uyg‘otish va uning jamiyatdagi ahamiyatini anglashda, kattalar bilan olib boriladigan mehnat faoliyatlariga jalb qilinadi.
- tengdoshlarining holatlari orqali (o‘yinga qabul qilishmaganda, qiziqarsiz rol berishganida, o‘yinchoq ifodalashga odatlantiriladi. O‘zaro munosabatlarini: “mana bunday qilsak – boshqalarga ham, menga ham yaxshi bo‘ladi”; “buni qilish mumkin emas, chunki boshqalar xafa bo‘ladi va menga yoqmaydi” kabi xulosa chiqarishga o‘rgatiladi; axloqiy odob qonun-qoidalari bilan mos holda “yaxshi”, “mumkin”, “lozim”, “mumkin emas” kabi tushunchalarni bilishlari lozim. Axloqiy me’yorlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish orqali ijodiy faoliyatlarini faollashtirish va tengdoshlari bilan muloqot davrida u yoki bu axoqiy me’yorlarni to‘g‘ri tanlay olishlari lozim:
- boshqa insonning kayfiyatini tushunish, ularga yordam berish, kuchsizlarga, xafa insonlarga, keksa insonlarga diqqatli bo‘lish, guruhdagi yangi kelgan bolalarga, uyiga kelgan mehmonlarga samimiy munosabat o‘rnatiladi;
- kichiklar, kattalar, shuningdek tengdoshlari bilan: o‘g‘il bolalar, shuningdek qiz bolalar bilan muloqot qilishda ijtimoiy xulq-atvor me’yorlariga rioya qilishni taraqqiy ettirib turish lozim;
- o‘zaro aloqa va munosabatni o‘rnatishda verbal va noverbal usullardan foydalanish (imo-ishora, pantomima) takliflar, savollar, iltimoslar bilan chiqishi, javoblarni diqqat bilan eshitishi, savollarga shirinsuhanlik bilan javob berishi, muloyim tabassum qilishi, samimiy tarzda boshqalarga o‘z yordamini taklif qilishga o‘rgatiladi;
- o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan bolalar bilan salomlashish, kattalarga, tengdoshiga minnatdorchilik bilan qaytaradi;
- murojaat qilishning turli variantlaridan foydalanishga: “assalomu - alaykum”, “xayrli tong”, “xayrli kun”, “ko‘rishguncha”, “ertagacha”, “sizdan minnatdorman”, “rahmat”, “sizdan iltimos”, “imkoningiz bormi” kabi va boshqa so‘zdar bilan murojjat qila boshlaydi;
- o‘ziga yoqqanligini, simimiyligini, iltifot ko‘rsatishni ifoda qilishga o‘rganadi;
- bolaning muloqot qilish doirasi kengaytirib boriladi; tanish bo‘lmagan kishilar bilan munosabatni tiklash usullarini shakllantirib boriladi (boshqa guruh tarbiyachisi, mudira, uslubchi, psixolog, muassasa mehmoni, tengdoshlarining ota- onasi bilan):
- birgalikda olib boriladigan faoliyatda yumshoq, samimiyat bilan o‘z takliflarini, maslahatlarini, iltimoslarini bildirishga o‘rgatiladi; tengdoshiga hissiy yoram ko‘rsata boshlaydi, o‘zaro hurmat, ishonch muhitini yaratadi;
- qabul qilingan ijtimoiy muloqot usullari yordamida o‘zini himoya qilishga, tengdoshi qichqirganida, jahli chiqqanida, ustidan kulganida, mensimaganida o‘z mavqeini tiklash hissi uyg‘otiladi. O‘ziga ishonmagan, uyatchan bolalar bilan olib boriladigan ishlarni shaklantirishda (johillik, jahldorlik, qo‘pollik)
- o‘ta muloqotga kirishuvchan, qitmir, o‘z manfatini ko‘p ko‘zlaydigan bolalarga o‘z-o‘zining fikrini tasdiqlaydigan, yaxshi o‘yinchoqlarni, rollar taqsimlanganida), (“men senga nima qildim, nima uchun sen men bilan shunday ish qilayapsan?” Kabi savollar bilan murojaat qilishga, “kel, yaxshilikcha sen bilan o‘ynaylik” kabi takliflar qilishga o‘rgatish, “men boshqalar bilan rasm chizgim kelayapti, boshqa bolalar bilan o‘ynay qol” kabi tushuntirishlar orqali rad qilishga o‘rgatib boriladi.
- insonlarga nisbatan munosabatlarida muloqot qilishda qarama-qarshi chiqish qobiliyatini shakllantirish (o‘yin orqali bola yumshoq muloyim ovoz bilan “sehrli” “ rahmat”, “iltimos” kabi so‘zlarni, boshqalarga nisbatan “balli”, “yasha” kabi so‘zlarni ifodalashi, bunda o‘z fikrinigina amalga oshirishi, hech kimga mazmunni o‘zgartirish imkonini bermasligi, qurilishga yangi narsalarni kiritishga bermasligi lozim (“sen buni yaxshi o‘ylabsan, lekin buning hojati yo‘q”).
-o‘z his-tuyg‘ulariga nisbatan quloq soladi, o‘zining hissiy holatini tushuntiradi.
- bola o‘z hissiyotlariga, o‘z hissiy holatlariga quloq sola boshlaydi. (“men xursandman”, “men mamnunman”, “mening kayfiyatim yaxshi”, “mening jahlim chiqayapti”, “meni ranjitishdi”) kabi so‘z bilan ifodalashga o‘rgatish lozim. O‘z hissiyotlarini ijobiy holatlarni ham, salbiy holatlarni ham so‘z bilan ifodalashi; boshqalarga nisbatan ijobiy baholash qobiliyatini shakllantirib borish talab qilinadi.
bolaning o‘zi to‘g‘risida, o‘z imkoniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishda kattalar (pedagog, oila a’zolari) tomonidan baholanish katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachidan bolaning ijtimoiy psixologik mavqeini bilib olish, xulq- atvoridagi yaxshi sifatlarni topishga intilishi, o‘z-o‘zini past va yuqori baholash bilan bog‘liq hissiy holatlarni “oldindan” ko‘ra bilishga yo‘naltirish lozim.