Tayanch so’z va iboralar: ilmiy-memuar yo’nalish, “Xamsat ul mutahayyirin” til, adabiyot va turli ilmlarga bag’ishlangan “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Munshaot”, “Mufradod”, “Lison ut – tayr”, “Mahbub ul - qulub”,
Navoiyning nasriy asarlari haqida
Alisher Navoiy ko’plab nasriy asarlar ham yaratgan. Uning tarix, din va tasavvufga oid “Tarixi muluki Ajam” (“Eron mamlakatlri tatarixi”, 1488. U “Muhokamat ul – lug’atayn” da “Zubdat ut – tavorix”(“Tarixlar qaymog’i”) deb atalgan), tarixiy-biografik “Tarixi anbiyo va hukamo”(“Nabilar va hakimlar tarixi”, 1488), “Nasoyim ul-muhabbat”(“Muhabbat shabadalari”1496. U Jomiyning “Nafohat ul-uns” nomli kitobining erkin tarjimasi bo’lib, unda 750 mutasavvuf shayx haqida ma’lumot berilgan),“Vaqfiya” (1481-82), ilmiy-memuar yo’nalishdagi “Xamsat ulmutahayyirin” (“Besh hayrat”,1492-1494. Asar Jomiyga bag’ishlangan. Navoy Jomiyni “Nuran maxdum” deb e’zozlagan), “Holotiy Said Hasan Ardasher” (1490, u haqda Navoiy “Bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko’rmaydurmen,- dey e‘tirof etgan), “Holoti Pahlavon Muhammad”, (1496, Navoiy uni “shamsul millat” deb atagan), falsafiy-axloqiy “Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngullarning sevgani”), til, adabiyot va turli ilmlarga bag’ishlangan “Majolis un-nafois (“Nafis majlislar”, 1491-93), “Mezon ul-avzon”(“Vaznlar o’chovi”, 1492. Bu asar aruz vazniga bag’ishlangan), “Muhokamat ul-lug’atayn” (“Ikki tilmuhokamasi”, 1498-1499. Bu asarda turk va fors tillari qiyoslab yozilgan. Unda Navoiy “ Mundin so’ngra uch nav’ tildurkim, asl va mo’tabardur... Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning mansha’idurki, Nuh payg’ambar...ning uch o’glig’akim, Yofas (Abu-t-turk) Som va Homdur, yetishur” deb yozgan), “Munshaot” (1492, 88 ta xat jamlangan), “Mufradod”(“Risolai muammo”, 1491-yilda fors-tojik tilida yozilgan) asarlari shular jumlasidandir.
Buyuk shoir “Muhokamat ul-lug’atayn” asari bilan o’zbek (turk) tilining
buyuk bilimdoni va homiysi bo’lib maydonga chiqdi. Bu tilning boshqa tillardan mutlaqo qolishmasligini o’z badiiy ijodi bilan amalda isbot qilib bergan shoir mazkur asarida bu muhim xulosasini endi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab ko’rsatdi. Ayni paytda tilning bugungi tushunchalarimizga juda yaqin ta’rifini aytib berdi, tafakkur bilan birligini ko’rsatdi, badiiy adabiyot bilan uzviy aloqasiga doir teran, eskirmas mulohazalar bildirdi.
Navoiy Sulton Husayn tarixini Yusuf va Zulayho haqida turkiy tilda bir asar yozajagini ma’lum qilgan edi. Xondamir o’zining “Makorimul – axloq”, (“Yaxshi xulqlar”) asarini Navoiyga bag’ishlab yozgan. Shoirning 500 yillik yubileyi 1948-yil may oyida keng nishonlangan.
“Lison ut – tayr” asari haqida
Bu asar 1499-yili yozib tugatilgan bo’lib, u 176 kichik bobdan iborat. Bu asar turkiy tilda bo’lsa-da, Navoiy o’zining “Foniy” taxallusini qo’llagan. Asar qushlarning suhbatga to’planishidan va adolatli podshohni izlash qarori bilan boshlanadi. Hudhud Semurg’ni izlashga undaydi, uni ta’riflab:
”Semurg’ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar ekan, nogoh yo’li Chin shahridan o’tib qoldi. U bir silkinganda mamlakat nurga g’arq bo’ldi. Patidan bittasi tushib qolgan ekan, ogoh bo’lganlar aqlu shuurini yo’qotdilar” - deb hikoya qiladi. Qushlar yo’lga otlanishib, “talab”, “ishq”, “marifat”,” Istig’no”, “tavhid”, “hayrat”, “fano”, nomli 7 vodiyni kezadilar va o’zlarining Semrug’ ekanligini anglab yetadilar. Asarda juda ko’p hikoyatlar keltirilgan. Shulardan biri Qaqnus degan qush hikoyatidir. Unda shunday hikoya qilinadi: “Qaqnusning har bir pati bir rangda bo’lib, o’zi yakka yashar ekan. Bir kuni Faysog’urs (Pifagor) uning yonidan o’tib ovozini eshitib qolib, misiqani kashf etibdi. Bu qush umr bo’yi o’tin yig’arkan. Umri poyonida yiqqan o’tini ustiga chiqib, shunday bir g’amgin, lekin dilkash sayrar ekanki barcha qushlar va vahshiy hayvonlar jam bo’lar va ko’pi halok bo’larkan. So’ngida bu qush g’oyat dardli bir nola tortarkan va undan xirmonga o‘t ketarkan, qushning o‘zi ham o’tinga qo‘shilib yonarkan. Uning kulidan esa yangi “Qaqnusbacha” bosh ko’tarib, o’tin yig’ishga tushar ekan”. Buyuk shoir Farididdin Attorni ota Qaqnusga, o’zini esa u yoqqan va yongan olov kulidan chiqqan “Qaqnusbacha” ga qiyos qilgan edi.
Asarda “Ko’rlar va fil hikoyati” ham berilgan bo’lib, unda ko’rlar siymosida
chalamullalar va asli hindistonlik donishmand siymosida ma’naviy odam gavdalantirilgan. Yoshligida shoir Farididdin Attorning “Mantiq ut- tayr”, (“Qush nutqi”) asarini sevib o’qigan edi. Qushlar xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’lib, umrining so’ngida ushbu “Lison ut-tayr” (”Qush tili”) asarini yozadi.
“Mahbub ul - qulub” asari haqida
Bu asar 1500-yilda yozilgan. U dunyoning achchiq-chuchugini ko’rgan goho “komronlig’”, goho “notavonlig’” topgan buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo’lgan asardir. “Mahbub ul-qulub” uch qismdan tashkil topgan: ijtimoiy tabaqalar axloq-odatlar, pand-hikmatlar.
Dostları ilə paylaş: |