9
Bu bo‗limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli,
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari
hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o‗qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo‗limda matematika o‗qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini
aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‗llari ko‗rsatiladi.
3. Matematika o‗qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‗lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitish metodikasi butun pedagogik
tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida
qo‗llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda
kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita
maqsadga yo‗naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko‗zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‗ida
davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‗lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida
kichik yoshdagi o‗quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-
kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‗quvchilarning
mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‗zgartirib turiladigan
sharoitda o‗tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‗tkaziladi. Pedagogik
tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va
tamoyillarini ishlab chig‗arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‗ich sinflarda
matematika o‗qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: