Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik fikrlash faoliyatini
shakllantirish va rivojlantirishning metodik tizimi
Metodik masalalarni yechishda ko‗pgina hollarda olingan natijalarni bir
muncha
umumlashtirilgan
tarzda, ya‘ni
aniqlangan
xossalarni
yoki
xarakteristikalarni sistemali tarzda aks ettiradigan qilib taqdim qilishga zarurat
tug‗ilib qoladi.
Sistema (yunoncha ―sustema‖ – qismlardan tashkil topgan, qo‗shilgan) – bir
butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi tushuncha. ―Sistema‖
tushunchasi ―element‖, ―aloqadorlik‖, ―bir butunlik‖, ―yaxlitlik‖, ―birlik‖,
―struktura‖, ―ierarxiya‖, ―elementlar o‗rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari‖ va shu
kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog‗liq holda ifodalanadi.
Pedagogikada sistemali yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishga
Y.K.Babanskiy, A.G.Kuznetsova, N.V.Kuzmina, S.K.Nikulin, P.I.Pidkasistiy,
V.A.Slastyonin, A.V.Tutolmin va boshqalarning izlanishlari bag‗ishlangan.
Masalan, V.P.Bespalko metodik sistema deganda ―Berilgan sifatlarga ega
bo‗lgan shaxsni shakllantirishga uyushgan, maqsadga yo‗naltirilgan va oldindan
rejalashtirilgan pedagogik ta‘sir o‗tkazishni tashkil qilish uchun zarur bo‗lgan
o‗zaro bog‗liq vositalar, uslublar va jarayonlarning majmui‖ni tushunadi.
Matematik ta‘limning metodik sistemalari L.I.Bojenkova, E.A.Bunimovich,
O.B.Episheva, G.L.Lukankin, A.G.Mordkovich,
A.M. Pishkalo, E.A.Perminov, S.A.Samsonova, V.I.Snegurova va boshqalarning
ilmiy ishlarida o‗rganilgan.
N.V.Kuzminaning izlanishlariga qaraganda o‗qitish metodik sistemasi
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: har biri muayyan metodik vazifani egallovchi,
o‗qitishning maqsadi, tarkibi (mazmuni), shakllari, uslublari va vositalari.
O‗qitishning metodik sistemasi belgilariga quyidagilar kiradi:
1)
asosiy maqsadga erishishga imkon yaratuvchi tarkibiy qismlarining
to‗liqligi;
2)
tarkibiy qismlarning o‗zaro bog‗liqligi va bir-biriga tobeligi;
3)
tarkibiy qismlarni birlashtirish uchun zarur bo‗lgan yetakchi
g‗oyaning mavjudligi;
4)
sistemaning tarkibiy qismlarida umumiy xossalarning yuzaga kelishi.
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning metodik sistemasi bir qator
talablarga javob berishi lozim. Birinchidan, u diagnostik bo‗lishi, ya‘ni
maqsadlarning natijalarga mos kelishini belgilashi lozim. Boshlang‗ich sinflar
o‗quvchilarini matematikaga o‗qitish jarayonida asosiy maqsadga erishilishi zarur,
unda belgilanganki, yuqori sinf o‗quvchilarining bilim, malaka va ko‗nikmalari
bitiruvchilarni maktabni tamomlaganlaridan keyingi o‗qitishga tayyorlashni
ta‘minlovchi me‘yoriy hujjatlarga (dasturga) mos kelishi zarur. Ikkinchidan,
12
sistema matematika o‗qituvchisining malakasi va ish tajribasiga bog‗liq bo‗lmagan
holda bir xil darajada foydalaniladigan bo‗lishi lozim. Uchinchidan, sistema
egiluvchan, ya‘ni o‗zgarishlarga, yangilanishlarga moslashishi, turli sharoitlarda
ishlatilishi, yangi metodik amallar bilan to‗ldirilish imkoniga ega bo‗lishi lozim.
Metodik sistemani loyihalashtirish uchun biz tomonimizdan quyidagi
metodik yondashuvlardan foydalanildi: sistemali, shaxsiy-faoliyatli, integrativ.
Sistemali yondashuv bizga matematikaning boshlang‗ich sinflarda
o‗rganiladigan, uni faoliyatda egallashga yo‗naltirilgan murakkab sistema kabi
butun tarkibini (mohiyatini) tasavvur qilish imkonini berdi. Shaxsiy-faoliyatli
yondashuv maktab matematikasini bizning nazarimizda ko‗rishning asosiy
mohiyatining har bir bloki ham o‗qituvchi, va ham o‗quvchilar harakatlarining
muayyan tarkibini qamrab olishini nazarda tutadi. U matematika tarkibiga uni faol
o‗qib o‗rganishni qo‗shishni, izlanish faoliyati elementlaridan foydalanishni, o‗quv
materialini muammoviy va evristik ochib berishga qaratishni nazarda tutadi. Bu
esa tarkibning metodik tomonini kuchaytirishni, hamda uni o‗zlashtirishining
metodik apparatini ishlab chiqishni belgilab berdi.
Matematikaga o‗qitish sistemasini loyihalashtirish va amalga oshirish
asosiga, matematika bo‗yicha metodik ishlarda o‗z aksini topgan: ilmiylik,
asoslilik,
birlashish
(integratsiya),
ajratish
(differensiatsiya),
insoniylik
(gumanizatsiya) va insonparvarlik (gumanitarizatsiya), o‗rin almashinuvchanlik,
qulaylik, uzluksizlik kabi umumdidaktik va umummetodik tamoyillardan tashqari,
ikkita guruhga birlashtirilgan tamoyillar olingan:
a) umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarida matematika
o‗qitishning metodik sistemasini yaratish va amalga oshirishning umumiy
tamoyillari;
b) umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarida matematikaviy
yo‗nalish tarkibini tanlash tamoyillari.
Endi metodik sitemaning tarkibiy qismlarini qarab chiqamiz.
Metodik sistemaning maqsadli tarkibiy qismi
Ushbu tarkibiy qism taklif qilingan sistemada asos soluvchi kabi maydonga
chiqadi, negaki matematika o‗qitishning samaradorligi umuman olganda aynan
maqsadning qo‗yilishiga bog‗liq. Bu tarkibiy qism qolgan barcha tarkibiy
qismlarning mazmun-mohiyatini aniqlab beradi.
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida matematik fikrlashning yuqori darajada
rivojlanishiga faqat to‗g‗ri tashkil qilingan maktab ta‘limi doirasidagina erishish
mumkin.
Bunday ta‘lim deganda, o‗quvchilar tomonidan ularni o‗rganish natijasida
muayyan shaxsiy qiyofa va individual o‗ziga xoslikka erishadigan, ilmiy
bilimlarni, kombinatorika sohasidagi amaliy qobiliyatlarni va ko‗nikmalarni,
ularning aqliy bilim olish va ijodiy qobiliyatlarining, xuddi shuningdek
dunyoqarash va axloqiy-estetik madaniyatining rivojlanishini tushunamiz.
13
Yuqorida aytib o‗tilganidek, matematika kundalik hayotda uchraydi va
ishlatiladi, bundan kelib chiqadiki, muayyan matematik ko‗nikmalar har bir
insonga zarur. Shu sababli ham bu fanning asoslari tabiat hodisalarini to‗g‗ri
tushunish va qabul qilish uchun zarur.
Matematik bilim va ko‗nikmalar amalda barcha kasblarda zarur. Avvalo,
albatta tabiiy fanlar, texnika va iqtisodiyot bilan bog‗liq bo‗lganlarida. Matematika
tabiatni o‗rganish va texnika tili bo‗ladi, shuning uchun ham tabiatni o‗rganuvchi
va muhandisning kasbi bu fanga asoslangan ko‗pgina kasbiy ma‘lumotlarni jiddiy
egallashni talab qiladi. Hozirgi vaqtda matematik bilimlarni qo‗llash shifokorga,
lingvistga, tarixchiga, biologga va bu ro‗yxatni to‗xtatish mushkul, zarurligi
gumon qoldirmaydi. Bizning davrimizda matematik ta‘lim kasbiy faoliyat uchun
shunchalik muhim. Demak, matematika va matematik ta‘lim yuqori sinf
o‗quvchilarini bo‗lg‗usi kasbiga tayyorlashda zarur.
Dunyoni, uning umumiy qonuniyatlarini va asosiy ilmiy g‗oyalarini
matematikasiz falsafiy egallashning imkoni yo‗q. Tasodiflarning mavjudligini
inkor etish bizning dunyoqarashimizga putur yetkazishga olib keladi. Va shu
sababli tasodif haqidagi fan o‗quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish uchun
zarur.
Insonda uning oldiga qo‗yilgan masalanining mazmunini tushunish, to‗g‗ri,
mantiqan fikr yuritish, algoritmik fikrlash ko‗nikmalarini egallash qobiliyatini
tarbiyalash matematik ta‘limning yana bir o‗ta muhim maqsadi bo‗ladi. Har bir
o‗quvchida tahlil qila olish, qo‗yilgan masalaning mazmunini tushunish, gipotezani
faktdan farqlay olish, tanqid qilish, o‗z fikrini aniq ifodalay olish va shunga
o‗xshashlar, boshqa tomondan esa – tasavvurni va intuitsiyani rivojlantirish zarur.
Shunday qilib, matematika shaxsning aqlan rivojlanishi uchun zarur.
Metodik sistemaning motivlashtiruvchi tarkibiy qismi.
Eramizning 100 yilida Kvintilian o‗zining ―Institutio oratoria‖ (―Notiqlik
ta‘limi‖) nomli asarida, o‗qitish boshlanishidan oldin qiziqishni o‗yinlar orqali
uyg‗otish tamoyili haqida gapirib, motivatsiyaning o‗qitish jarayoni
samaradorligiga katta ijobiy ta‘siri haqida yozgan edi. Vatanimizning va chet ellik
pedagogika sohasida ko‗zga ko‗ringan Y.A.Komenskiy, F.A.V.Disterveg,
I.G.Pestalotssi, J.J.Russo, K.D.Ushinskiy va boshqa ko‗plagan arboblari o‗qitish
nazariyasini pedagogik realizm, tabiatga muvofiqlik tamoyillariga mos ravishda,
motivatsiyaga ta‘lim jarayonida munosib o‗rin berib, rivojlantirdilar.
Motivatsiya – bu inson tomonidan qo‗yilgan maqsadga tomon harakatni
ta‘minlovchi jarayonlar, xuddi shuningdek, xulqning faolligiga yoki nofaolligiga
ta‘sir ko‗rsatuvchi ichki va tashqi omillar. U harakatga undaydi, yo‗naltiradi va uni
uyushtiradi, xulqqa (harakatga yoki harakatsizlikka) shaxsiy ma‘no va ahamiyat
beradi. Kasbiy o‗qitish bosqichida, agar soha o‗quvchi tomonidan tushungan holda
tanlangan bo‗lsa, o‗qitishni motivlanishi pog‗onama-pog‗ona o‗zgaradi.
14
Boshlang‗ich sinflarda o‗qitish davrida o‗quvchilarning fikrlashi yanada
to‗ladi, chuqurlashadi, kengayadi, abstraktlashadi – yanada tushunarli bo‗ladi. Bu
paytda o‗qitish motivlari muhim hayotiy mazmunga ega – hayotdagi o‗rinni,
kelajakdagi kasbni tanlash, baholashga va o‗z-o‗zini baholashga bo‗lgan
munosabatni o‗zgartirish.
Ma‘lumki, motiv inson faolligining predmetga yo‗naltirilganligidan, uning
shu faolligi yo‗naltirilgan predmetning obyektiv xarakteristikalari bilan bog‗liq
bo‗lgan ichki ruhiy holatidan boshqa narsa emas. O‗quv jarayoniga nisbatan
qo‗llanganda ta‘lim jarayonining alohida tomonlariga o‗quvchilarning
yo‗naltirilganligi motiv bo‗lib maydonga chiqadi. Ishonch bilan tasdiqlash
mumkinki, o‗quvchilarning turli vakolotlarni egallashga ham, yaxshi baho olishga
ham intilishlari kiradi.
Motivlar ikkita katta guruhlarga bo‗linadi: ijtimoiy va o‗rganuvchanlik
motivlari. O‗rganuvchanlik motivlari doirasida o‗rganishga bo‗lgan qiziqish eng
amaliysi (harakatdagisi) bo‗ladi.
Metodik sistemaning mazmunli tarkibiy qismi
Mazkur tarkibiy qism matematik elementlarni o‗z ichiga olgan o‗quv rejasi,
o‗quv dasturi va matematika bo‗yicha o‗quv qo‗llanmalari bilan aniqlanadi.
Istalgan o‗quv fani tarkibini ilmiy jihatdan asoslanishi ko‗pgina
muammolarning yechimi negizida bo‗ladi. Yechimi, o‗z navbatida, ko‗p
tomonlama bo‗lgan, tarkibni tanlash muammosi shulardan bittasi bo‗ladi.
Didaktikaning butun tarixi davomida fan va o‗quv predmetining o‗zaro
munosabati, predmetli ilmiy sohalar holatini va rivojlanish istiqbollarini metodik
tahlil qilish asosida materialni tanlash tamoyillarini shakllantirish o‗rganiladi.
Izlanishlarning natijalari jamiyat, ilm-fan va ishlab chiqarish rivojlanishining har
bir bosqichida ilm-fan yutuqlari va ularning umumiy va kasbiy ta‘lim darajasidagi
aksi o‗rtasidagi ―tenglik (turg‗unlik) nuqtasini‖ topishga imkon beradi. Shu sababli
ham matematikaning, ―Matematika‖ fanining ilmiy va o‗quv qismlari kabi,
predmeti va uslublari to‗g‗risidagi masala muhokamasi nafaqat akademik
xarakterga ega, balki umumta‘lim maktabining boshlang‗ich sinf o‗quvchilari
uchun matematik material tarkibini tanlash uchun asos bo‗lib ham xizmat qiladi.
Matematika o‗qitishning umumiy maqsadlariga erishish uchun o‗qitish
tarkibi tarkibning ―yadro‖sini tashkil qiluvchi, barcha sohalar uchun umumiy
bo‗lgan bo‗limlarni o‗z ichiga olishi lozim.
Metodik sistemaning jarayonli tarkibiy qismi
Jarayonli tarkibiy qism bizning metodik sistemada umumta‘lim maktabining
boshlang‗ich sinflarida matematika o‗qitishga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini
tashkil qilish jarayonini tartibga soladi. U matematik yo‗nalishning maxsus
xususiyatlariga, boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning o‗ziga xosligiga,
boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining yoshiga doir va individual-ruhiy xususiyatlariga
asoslanadi. Ularning amalga oshirilishi o‗qitishning o‗quvchilarning motivli-
15
emotsiyali sohasiga ta‘sir o‗tkazuvchi va ularning faol o‗rganish faoliyatini
rag‗batlantiruvchi shakllari, uslublari va vositalari majmuasi bilan bajariladi.
Mazkur tarkibiy qism o‗qituvchi va o‗quvchi, o‗quvchining adabiyot bilan
ishlashida, hamkorligida amalga oshiriladi.
Jarayonli tarkibiy qismni tashkil qiluvchilarini batafsilroq ko‗rib chiqishga
to‗xtalamiz.
Matematika o‗qitish shakllari
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning asosiy shakllariga
quyidagilarni kiritish mumkin: sinfdan tashqari va sinf-dars.
Umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarda matematik ta‘lim berish
jarayoni o‗qitishning sinfdan tashqari va sinf-dars shakllari orasida bog‗lanish
bo‗lganida sistemalilik xususiyatlarini egallaydi. Har bir shakl o‗zining yetakchi
faoliyati bilan xarakterlanadi, o‗zining maqsadi, tarkibi, shakli, uslubi va
vositalariga ega. Sinf-dars shaklida – bu o‗qituvchi va o‗quvchining o‗quv
dasturini o‗zlashtirish bo‗yicha o‗zaro bog‗liq faoliyati; sinfdan tashqarida –
yuqori sinf o‗quvchisining mustaqil va o‗qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta‘lim
olish bo‗yicha faoliyati, uning to‗garaklar va elektivlar ishidagi ishtiroki.
Dars o‗qitish shakli sifatida ―O‗qituvchi-O‗quvchi‖ va ―O‗quvchi-O‗quvchi‖
munosabatlarining o‗zgaruvchanligini nazarda tutadi. Bu o‗z navbatida yuqori sinf
o‗quvchilari o‗rganish faoliyatini boshqarishning mos keladigan usullarini
qo‗llashni talab qiladi. Darsda o‗quvchilar o‗quv faoliyatini boshqarishning asosiy
usullariga quyidagilar kiradi: frontal va individual. Frontalga o‗qitishning guruh
shaklini ham kiritadilar.
Frontal o‗qitish matematika o‗qituvchisiga butun sinf o‗quvchilarining o‗quv
faoliyatini boshqarish uchun jiddiy imkoniyatlar beradi. U o‗quvchilarda o‗qishga
bo‗lgan ruhiy tayyorgarlik yaratadi, o‗quv faoliyatidagi faollikni rag‗batlantiradi.
Ta‘kidlash zarurki, frontal o‗qitish ―O‗qituvchi-O‗quvchi‖ sistemasida individual
munosabatlarni zaiflashtiradi, chunki har bir o‗quvchining o‗ziga xos
xususiyatlarini inobatga olishga imkon bermaydi, alohida o‗quvchilar o‗rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarni hisobga olmaydi.
Individual ishlash o‗qitishni individuallashtirishni va ajratishni nazarda
tutadi, frontal ishlash esa bularni ta‘minlashga umuman qodir emas. Ishning bu turi
mashqlar bajarganda, masalalar yechganda, yuqori sinf o‗quvchilarining
matematika sohasidagi qobiliyatlari va ko‗nikmalarini shakllantirishda maqsadga
muvofiq. Bu ish ajratilgan (ayrim) topshiriqlarni to‗g‗ri tanlash bilan har bir
o‗quvchining o‗qishdagi o‗sish suratini sozlab turish, o‗qituvchi tomonidan o‗z
vaqtida yordam berish, ularning bajarilishini sistemali ravishda nazorat qilib turish
imkonini beradi. Ishning individual va frontal shakllarini uyg‗unlashgan tarzda
qo‗shib olib borilgan o‗qitishning istiqboli yuksak.
16
Matematika darsida ishning guruh shakllari. O‗qitishning frontal
shakllaridan o‗quvchilarning guruhda ishlashlari har bir o‗quvchining individual
o‗ziga xosliklarini ko‗proq inobatga oladi.
Matematika o‗qitish uslublari
Uslublarning rang-barangligidan pedagogik amaliyotda boshqalariga
qaraganda ko‗pincha matematika o‗qitishning quyidagi uslublarini ajratadilar:
- og‗zaki: hikoya, leksiya, suhbat;
- ko‗rgazmali: rasmlarda, tasvirlarda tushuntirish, chizmada tushuntirish,
ramzlarda tushuntirish, namoyish qilish;
- kitob bilan ishlash;
- amaliy: kuzatish, stoxastik o‗yinlar, statistik izlanishlar, eksperiment,
laboratoriya ishi, amaliyot ishi, mashqlar, modellashtirish ;
- interfaol: diskussiya, ishbilarmonlik o‗yini, ―akvarium‖, loyihalar uslubi,
keys-uslub, ―miya hujumi‖;
- nazorat.
Matematika o‗qitish vositalari
O‗qitish vositalarining umumqabul qilingan zamonaviy tipologiyasida
o‗qitishning o‗quv-material bazasi, quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim: nashriy
vositalar (dasturlar, darsliklar va o‗quv qo‗llanmalari, masalalar to‗plamlari, o‗quv-
so‗rov va o‗quv-metodik qo‗llanmalar, xrestomatiyalar, tarqatma materiallar va
sh.o‗.), ko‗rgazmali yuzali vositalar (plakatlar, jadvallar va x.), namoyish qilish
vositalari (stendlar, namoyish qilish modellari va h.), elektron ta‘lim uskunalari
(multimediya darsliklari, tarmog‗iy ta‘lim uskunalari va h.), eshittirish-ko‗rsatish
(audiovizual) vositalari (slaydlar, ta‘lim videofilmlari, o‗quv kinofilmlari, raqamli
tashuvchilardagi o‗quv filmlari), o‗quv asboblari (o‗yin kubiklari, ruletkalar, sharli
kutilar va h.).
Matematika o‗qitishning nashriy vositalari maktab matematika kursi
matematika yo‗nalishining o‗quv-metodik majmuasini tarkib toptirishi mumkin.
Tarkibi bo‗yicha turlicha, bajaradigan vazifasi bo‗yicha esa bir bo‗lgan nashriy
vositalar bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda amal qilishi mumkin, biroq
bajaradigan vazifalari bo‗yicha o‗zaro bog‗liq joylari ham bor. Ularning barchasi
bir butun kabi, sistemani namoyon qilib maydonga chiqadilar. O‗qitishning nashriy
vositalariga quyidagilar kiritiladi: dastur, darslik va o‗quv qo‗llanma, masalalar
to‗plami, o‗quv-so‗rov va o‗quv-metodik qo‗llanmalar, xrestomatiya, tarqatma
materiallar.
Matematika o‗qitish amaliyotida ko‗rgazmali vositalardan foydalanish
o‗qituvchining so‗zi bilan birgalikda olib boriladi. So‗z vositasida o‗qituvchi
o‗quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi, o‗quvchilar esa obyektning tashqi
qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to‗g‗risidagi bilimlarni kuzatilayotgan
obyektdan olishadi. Yohud, aksincha, narsaning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan
haqiqiy jarayonlar to‗g‗risidagi bilimlarni o‗quvchilar o‗qituvchining og‗zaki
17
hikoyasidan olishadi, ko‗rgazmali vositalar esa og‗zaki ma‘lumotlarni tasdiqlash
yoki oydinlashtirish imkonini beradi.
Ko‗rgazmali o‗qitish qo‗llanmalari matematikaga o‗qitishning turli
bosqichlarida foydalaniladi: o‗qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirishda,
uning o‗quvchilar tomonidan mustahkamlanishida, o‗rganilgan materialni
takrorlash va o‗qituvchi tomonidan o‗quvchilarning bilimlari tekshirilganida, xuddi
shuningdek, sinfdan tashqari o‗qishda. Ular dasturning tarkibiga va darslikka,
o‗qitish uslubiga, o‗quvchilarning yoshiga doir xususiyatlariga mos kelishi, xuddi
shuningdek, muayyan ilmiy, sanitar-gigiyenik, texnik va iqtisodiy talablarga javob
berishi lozim.
Metodik sistemaning nazorat-diagnostika tarkibiy qismi
Nazorat-diagnostika tarkibiy qismi boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini
matematik tayyorlash sifatida DTS va me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan
talablarini aks ettiradi.
Mazkur tarkibiy qism pedagoglar va o‗quvchilarning hamkorligini,
o‗qituvchi tomonidan nazoratni va o‗quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan
o‗z-o‗zini nazoratni: og‗zaki nazorat (individual va frontal so‗rov), yozma nazorat
(test o‗tkazish, nazorat va mustaqil ishlarni bajarish) va o‗z-o‗zini nazorat qilish
(o‗z ishi natijalarini tahlil qilish va yo‗l quyilgan xatolarni topish, o‗quv materialini
o‗zlashtirish darajasi yuzasidan o‗z-o‗zini nazorat qilish).
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, loyihalashtirilgan boshlang‗ich
sinflarda matematika o‗qitishning metodik sistemasi jamiyatning rivojlanishi va
ijtimoiy buyurtmasiga asosan tuzatish kiritish uchun ―ochiq‖ bo‗lgan sistemadan
iborat. Uni tuzilishidan boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning metodik
sistemasini kasbiy-amaliy yo‗naltirilganlikni inobatga olgan holda yaratish asosiga
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan bir qator metodik tamoyillar kelib chiqadi.
Sistema tarkibiy qismlarining o‗zaro kasbiy-amaliy bog‗liqligi tamoyili
metodik sistemaning tarkibiy qismlariga umumiy maqsadlar bilan birlashgan va
umumiy qoidalar asosida qurilgan bir butun sifatida qaraydi. Ushbu tamoyil
metodik sistema tarkibiy qismlarining ierarxiyasini belgilaydi, unga asosan albatta
maqsadli, undovchi (motivatsion), mazmuniy (tarkibiy), jarayoniy tarkibiy qismlar
bo‗lishi lozim.
Matematika o‘qitishning maqsadi.
Boshqa har qanday o‗quv predmeti kabi matematika boshlang‗ich kursi
matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1.Matematika o‗qitishning umumta‘limiy maqsadi.
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3.Matematika o‗qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‗qitishning umumta‘limiy maqsadi o‗z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‗yadi:
18
a) O‗quvchilarga ma‘lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu
bilimlar matematika fani to‗g‗risida o‗quvchilarga yetarli darajada ma‘lumot
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‗limlarini o‗rganishga tayyorlashi
kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o‗quvchilar o‗qish jarayonida olgan
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‗rganishlari, nazorat qilishning
asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) O‗quvchilarning og‗zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish
lozim bo‗ladi;
Matematikani o‗rganish o‗quvchilarning o‗z ona tillarida nutq madaniyatini
to‗g‗ri shakllantirish, o‗z fikrini aniq, ravshan va lo‗nda qilib bayon eta bilish
malakalarini o‗zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) O‗quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o‗rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o‗quvchilarning fazoviy tasavvur qilish
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang‗ich matematika o‗qitishning tarbiyaviy maqsadi o‗z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‗yadi:
a) O‗quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) O‗quvchilarda matematikani o‗rganishga bo‗lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining vazifasi o‗quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning
qonuniyatlarini o‗rganishga bo‗lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d)
O‗quvchilarda
matematik
tafakkurni
va
matematik
madaniyatni
shakllantirish.
Matematika darslarida o‗rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular
orasidagi qonuniyatlar o‗quvchilarni atroflicha fikrlashga o‗rgatadi.
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning amaliy maqsadi o‗z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‗yadi:
a) O‗quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‗rgatish,
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‗rgatish;
b) matematika o‗qitishda texnik vosita va ko‗rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini shakllantirish;
Bunda asosiy e‘tibor o‗quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan
foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d) O‗quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‗rgatish.
O‗quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek,
og‗zaki va yozma xulosalar qilishga o‗rganishlari kerak.
19
O‗qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‗quvchilarning
o‗rganilayotgan materialni o‗zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‗quvchilardan og‗zaki
so‗rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik
vositalar
yordamida
sinash
kabi
usullardir.
Didaktikada
dars
turiga,
o‗quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‗liq ravishda nazoratning u yoki
bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek,
nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang‗ich maktabda matematika o‗qitish metodikasida mustaqil va nazorat
ishlari, o‗quvchilardan individual yozma so‗rov o‗tkazishning samarali vositalari
yaratilgan. Ba‘zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‗zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang‗ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat
qilish uchun mo‗ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli
maktab uchun mo‗ljallangan) o‗qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa
nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‗proqdir.
Boshlang‗ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun
umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‗yicha tabaqalashtirilishidir. Bu
materiallar tuzuvchilarning g‗oyasiga ko‗ra ma‘lum mavzu bo‗yicha topshiriqning
biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‗zlashtirganligi haqidagina
emas, balki uni to‗la aniqlangan darajada o‗zlashtirganligi haqida ham guvohlik
beradi.
Matematika o‗qitish metodikasida ―o‗quv materialini o‗zlashtirilish darajasi‖
tushunchasining mazmuni to‗la ochib berilmagan. O‗qituvchilar uchun
qo‗llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‗i qaysi darajaga mos
kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.
Amaliyotda o‗qituvchilar ko‗pincha biror topshiriqning usullarini biri
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik
materiallar qanchalik san‘atkorona tuzilgan bo‗lmasin, ularning mazmuni va
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‗oyalar amalga oshirilmasin, ular
baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech
qanday o‗rgatuvchi mashina O‗qituvchining intuitsiyasini, ya‘ni hissiyotini
almashtira olmaydi.
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‗quvchilarning o‗quv materialini
o‗zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan
birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‗qituvchi uchun eng yaxshi usul
bo‗lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‗qituvchini
o‗quvchilarning bilimlarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan
individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu
umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |