Marshrutizatsiya(routing) - axborot adresi va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida optimal yo‘l qidirish jarayoni.
Topshiriqni bajarish uchun berilgan magistral uzunligiga bog‘liq holda zona ichkarisi birlamchi tarmoqlarining ishonchlilik hisoblari keltiriladi. Barcha ma’lumotlar quyidagi formulalar orqali kerakli parametrlarni hisoblashga olib keladi.
Liniyaviy kabel inshoatlari va apparaturalar, shuningdek odatdagi va optimal qayta tiklanish strategiyasining turib qolish koeffitsientini aniqlaymiz. Berilgan statistika bo‘yicha tashqi shikastlanishlar tufayli kabeldagi rad etishlarning o‘rtacha soni (zichligi), 1 yilda 100 km ga M1 = 0,34 ni tashkil etadi. Unda optik kabelning L uzunligi uchun 1 soatdagi rad etishlar jadalligi quyidagicha aniqlanadi:
, 1/s (4.1)
Ichki sabablar tufayli optik kabelning rad etish jadalligi, rad etgunga qadar 3 mln 225 ming soat qurilish uzunligining liniyaviy ishlashi bilan bog‘liq. Yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda optik kabelning jami rad etishlar jadalligi quyidagicha aniqlanadi:
(4.2)
Bu yerda: nor – optik regeneratorlar soni; nqur.uz- butun trassa uchun qurilish uzunliklari soni.
Optik regeneratorlar soni quyidagicha aniqlanadi:
. (4.3)
Qurilish uzunliklari soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4.4)
Optik regenerator, multipleksor va optik kabelning rad etish jadalligi quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi:
, , . (4.5)
(4.5) munosabatni aniqlagan holda butun magistralning rad etish jadalligi aniqlansin.
1/s (4.6)
Butun magistral trassa uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti T0 quyidagicha aniqlanadi:
, soat (4.7)
Liniya trakti qurilmalarining T0 ga bog‘liq bo‘lgan holdagi qurilmalarni va butun magistralning tayyorgarlik koeffitsienti Kt quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi:
;
;
;
. (4.8)
Berilgan magistral trassa uzunligi uchun rad etmasdan ishlash vaqti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, soat . (4.9)
Bu erda: L0 - etalon janzir uzunligi, L0=12500 km.
Aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
. (4.10)
Shuningdek rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigini tuzing. Hisoblangan natijalar (To(L) gacha) 4.2-jadvalga kiritilsin.
4.2-jadval
Rad etmasdan ishlash ehtimolligining vaqtga bog‘lanishi