Telekamunikatsiya



Yüklə 131,87 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü131,87 Kb.
#184801
1   2   3   4   5   6
gNFd8osC0qcLLzt74 gmIsNTwIdkY52W

Talabaning vazifasi: Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyida keltiriladigan savollarga javob berish.

3-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Multimediyali uzatish tizimlari elementlarining ishonchliligini xisoblash

Ishdan maqsad: Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligini asosiy parametrlarini o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini, axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini hisoblash.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar majmuidan tashkil topgan.
Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli uzatish tizimi, ularning qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi.
Tizim – bu elementlar majmuasidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va “element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda u element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tizim ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda, abonentlar o‘rtasida belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini ta’minlaydigan hususiyatga aytiladi. Ishonchlilik, tizim va uning elementlaridan texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali ishlashini belgilaydi.
Element ishonchliligi – element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan, foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga hizmat ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatdir.
Tizim ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra buzilmasdan ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan tavsiflanadi.
Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanadigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlar almashtiriladi va tizim ishini davom ettiradi. Qayta tiklanmaydigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlarni almashtirish amalga oshmaydi.

Yüklə 131,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin