Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə26/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

GK — Gatekeeper (darvozabon);
SG — Signalling Gateway (signallar shlyuzi);
TG — Trunking Gateway (bog‘lanish liniyalari shlyuzi);
AG — Access Gateway (ulanish shlyuzi);
MAK — multiservisli abonentlar konsentratori
MGCP/Megaco/H.248 standarti protokollarining ishlashi asosida qurilmalar kompleksi alohida funksional bloklarga bo‘lib chiqilishi ko‘zda tutiladigan shlyuzlar dekompozitsiyasi prinsipi yotadi. Funksional bloklarni umumlashtirilgan holda quyidagi tarzda tavsiflash mumkin:
- transport (media) shlyuzi — Media Gateway (MG),
- shlyuzni boshqarish qurilmasi — Media Gateway Controller (MGC).
N.248, MGCP protokollariga muvofiq chaqiriqlarni qayta ishlashning butun intellekti MGC kontrollerda joylashadi, transport shlyuzlari esa faqat undan keladigan buyruqlarni bajaradi. Bunda transport shlyuzi har xil turlardagi oqimlar va signalli xabarlarni o‘zgartirishning barcha funksiyalarini bajaradi va kontrollerga butun signalli ma’lumotlarni uzatadi, kontroller uni qayta ishlash bilan transport shlyuzining keyingi harakatini aniqlaydigan buyruqni beradi.
Transport shlyuzlarining ishlashini boshqarish uchun MGC kontrollerlar, ham paketli tarmoqlardan, ham kanallar kommutatsiyasiga asoslangan telefon tarmoqlaridan signalli ma’lumotlarni olishi va qayta ishlashi kerak. Paketli tarmoqlarda signalli ma’lumotlar ko‘p hollarda SIP protokoli bo‘yicha yoki N.323 tavsiyalari asosida o‘tkaziladi. Bu protokollar IP-transport ustida ishlaydi, modomiki, MGC kontroller ham transport shlyuzlari bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun paketli tarmoqqa (IP-tarmoq) chiqishga ega ekan, u holda MGC kontrollerda turli standartlardagi signalli ma’lumotlarni (masalan, SIP va N.323) olish uchun mos interfeyslarga ega bo‘lish etarli bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda telefon kanali signalizatsiyasi – umumiy kanalli (OKS № 7, PRI ISDN) yoki ajratilgan signalar kanallari (ASK) bo‘yicha kanallarni kommutatsiyalash muhitida o‘tkaziladi, ko‘plab MGC kontrollerlar esa bu muhitga to‘g‘ri chiqishga ega emas, shuning uchun klassik telefon signalizatsiyasini etkazish uchun uni paketli IP-transportga inkapsulyasiyalash zarur bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlangan protokollardan tashqari, tez moslashuvchan kommutatorlarda IP-tarmoq bo‘yicha OKS №7 signallarini uzatish uchun BICC protokol va IP-tarmoq bo‘yicha DSS1 ISDN signallarini uzatish uchun IPDC protokol ishlatiladi.
BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli XEAI-T da 1999 yildan ishlab chiqilmoqda va ikkita OKS №7 tarmoqlarni paketli kommutatsiya tarmog‘i orqali ulanishi uchun ishlatilishiga mo‘ljallangan. Bu protokolga mavjud OKS №7 signalizatsiya protokollari to‘plamining yana bir nimtizim-foydalanuvchisi sifatida qarash mumkin.
Aslida BICC protokoli bog‘lanishlarini boshqarish xabarlari xabarlarni uzatish nimtizimi (MTR) orqali tashilishi mumkin. Unga to‘liq yangi protokol sifatida qarash mumkin. BICC xabarlari boshqa paketli tarmoqlar orqali ham tashilishi mumkin. Bu erda mazmun quyidagicha: agar foydalanuvchilar ma’lumotlari oqimlarini tashish uchun boshqa paketli tarmoq yaratilsa, nima uchun ajratilgan signalizatsiya paketli tarmog‘ini saqlash va xizmat ko‘rsatish kerak? BICC protokolining bu multitransportli qobiliyatiga undan ISUPda mavjud bo‘lgan protseduralarni tashishga kiradiganlarini olib tashlash va ularni signalizatsiyani tashish konvertorida (signaling transport converter) joylashtirish yo‘li bilan erishiladi. Bunda BICC protokoli signalli ma’lumotlarni uzatish usuliga bog‘liq bo‘lmay qoladi.
Qurilmalarni boshqarish uchun Internet-protokol (IPDC, Internet Protocol for Device Control) shlyuzlarni boshqarish uchun va nutqni uzatishda paketli tarmoqlar ichida transport oqimlarini tashkil etish uchun turli IP-telefoniya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlatiladi. Bundan tashqari, IPDC protokol IP-tarmoq bo‘yicha UFTT/ISDN signalli ma’lumotlarni o‘tkazish uchun xizmat qiladi (masalan, tez moslashuvchan kommutatorning ishlatilishlaridan birida DSS1 xabar IPDC xabarga o‘zgartiriladi). IPDC protokoli ishlatilishi, qurilgan tarmoq arxitekturasi N.248 tavsiyalar asosidagi tarmoqdagi kabi shlyuzlar dekompozitsiyasi g‘oyasiga asoslanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tez moslashuvchan kommutator mutlaqo turli arxitekturaga ega bo‘lgan signalizatsiya protokollari bilan ishlashni va 4.2-rasmda ko‘rinib turganidek turli texnologiyalarga asoslangan transport shlyuzlari bilan o‘zaro bog‘lanishni “bilishi” kerak. Tez moslashuvchan kommutatorlardagi bu masalalarga bog‘liq bo‘lgan echim, masalan, qurilmaning apparatlar qismi va dasturiy yadrosi orasida chaqiriqlarni qayta ishlash va marshrutlashtirish funksiyalaridan o‘zaro bog‘lanish funksiyalarini maxsuslashtirilgan protokollar orqali ajratishga asoslanishi mumkin. Signalizatsiya va qurilmalarni boshqarish protokollarining barcha xabarlari chaqiriqlarni qayta ishlash yagona dasturiy modelida taqdim etish uchun qulay bo‘lgan yagona ko‘rinishga keltiriladi.
Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o‘tkazishda ajratilgan arxitektura, o‘zaro bog‘langan vertikal ochiq protokollarning bo‘lishini talab qiladi (4.2-rasm).
4.1-jadvalda NGN tarmog‘ini boshqarish arxitekturasidagi protokollarning funksional vazifalari aks ettirilgan. Har bir protokolning paydo bo‘lishida o‘z mantig‘i kuzatiladi. Masalan, multimediali xizmatlarni ommaviy joriy etilishini ta’minlash uchun Internet tarmog‘i texnologiyalarini monand ishlatadigan protokol qo‘llanilishida sodda va qator absolyut yangi ilovalar va xizmatlarni joriy etishga imkon berishi talab qilindi. SIP-protokol o‘zida bu funksiyalarni ideal mujassamlantirgan.

4.2-rasm. Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o‘tkazishda ajratilgan arxitektura

4.3-rasm. NGN tarmog‘ida protokollarning o‘zaro bog‘lanish sxemasi
4.1-jadval.
NGN tarmog‘i chaqiruvlarni boshqarish protokollarining funksional vazifalari

Protokol

NGN tarmog‘idagi funksiya

Izoh

SIP

Aloqa seansini o‘rnatish va boshqarish

IP-tarmoqlar bo‘yicha ham tovushli, ham multimediali chaqiruvlarni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Internetda qabul qilingan juda ko‘plab ishlangan mexanizmlarni ishlatadi va N.248 protokoliga qaraganda soddaroq hisoblanadi. Terminal qurilmasi SIP-agent dasturiy ta’minotiga ega. Intelektuallik tayanch tarmog‘idan abonent qurilmalariga suriladi.

SIP-T

UFTT ISUP signalizatsiyani SIP-tarmoq orqali uzatish

SIP-tarmog‘i bo‘yicha ISU xabarlarni “ochiq”uzatilishini ta’minlaydigan SIP protokolining maxsus turi. Haqiqatda SIP-tarmoq bu holda signalizatsiya tranzit punkti funksiyasini bajaradi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlar UFTT da qabul qilingan barcha funksionallikni ta’minlash uchun davom ettirilmoqda.

N.323

Aloqa seansini o‘rnatish va boshqarish

IP-tarmoq bo‘yicha tovushlarni uzatish tarmoqlarida eng keng tarqalgan protokol. SIP protokoliga qaraganda qiyin o‘lchamlashtiriladigan va kamroq istiqbolli hisoblanadi.

N.248/ Megaso

Paketli tarmoqda ulanish shlyuzlarini boshqarish

Eng istiqbolli va ishlab chiqiladigan standart. Poten­sial jihatdan turli qurilmalarning moslashuvchanliklari bo‘yicha ancha ko‘p imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.

MGCP

Paketli tarmoqda ulanish shlyuzlarini boshqarish

Bu protokoldan foydalanishli tarmoqlarning mavjudligiga qaramasdan, uni rivojlantirish bo‘yicha keyingi ishlar protokolning o‘ziga xos tufayli muammoli ko‘rinadi.

BICC

Boshqarish darajalari va ma’lumotlarni o‘tkazish ajratilgan tarmoqlarda chaqiruvlarni boshqarish

Ishlatiladigan o‘tkazish tarmog‘ining turiga (IP, ATM) bog‘liq bo‘lmagan bog‘lanishni o‘rnatish protokoli. UfTT/IXKT (SSIO) to‘liq xizmatlar to‘plamini ishlatadi. Nafaqat signalli protseduralar, balki tarmoq arxitekturasini tavsiflaydigan standartlar komplektiga ega. Protokolning asosiy g‘oyasi paketli tarmoqlar ishlatilganida klassik telefoniyaning barcha qabul qilingan xizmatlarini to‘liq ishlatilishini ta’minlash hisoblanadi. 3GPP tomonidan 3G mobil aloqa tarmoqlari uchun qabul qilingan.

SIG-TRAN

IP-tarmoq bo‘yicha boshqarish va signalizatsiya protokollarini uzatish

IP-tarmoq bo‘yicha signalizatsiyaning ishonchli uzatilishini ta’minlash uchun IETF taklif etadigan standartlar to‘plami.

Paketli tarmoqlarda butun qator klassik telefon xizmatlarini ta’minlashga operatorlarning intilishlari ISUP protokolining evolyusiyasi sifatida BICC protokolining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Tabiiyki, ajratilgan arxitekturaga o‘tishda protokolda shlyuzlar elementlarini boshqarish zarurati vujudga keladi va asosiy yo‘nalish N.248 protokolini takomillashtirish bo‘lib qoldi, u SIGTRAN IETF (Megaco ishchi guruhi) va ITU-T larning birgalikdagi urinishlari orqali yaratildi. SIGTRAN protokollari doirasidagi ishlar TCP/IP stekidan foydalanilgandagiga qaraganda signalizatsiya ma’lumotlarini ishonchliroq ta’minlanishi uchun zarur bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, qurilmalarning u yoki bu protokollarini qo‘llash talab qilinadigan tarmoq funksionalligini ta’minlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Quyida NGN protokollari atroflicha yoritilgan.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin