Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə25/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

Nazorat savollari
1. Abonent kirish pog‘onasining qanday texnologiyalarini bilasiz? ularning vazifasi nimadan iborat?
2. Transport pog‘onasining qanday texnologiyalarini bilasiz? ularning vazifasi nimadan iborat?
3. xDSL texnologiyalarining qanday turlari mavjud va ularning qo‘llashdan maqsad nima?
4. Raqamli abonent liniyalarini tashkil etishdan maqsad nima va ularni tashkil etishda qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
5. Simsiz ulanish deganda nimani tushunasiz va bunday tarmoqlarda qanday texnologiyalarni qo‘llash mumkin?
6. Wi-Fi, WiMAX texnologiyalarini vazifasi nimadan iborat va ularning bir biridan farqi nimada?
7. Kirish texnologiyalarining qanday sinflarini bilasiz va ular qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
8. FTTx ning qanday turlarini bilasiz, ularni qanday tashkil etish mumkin?
9. xWDM, SDH, ATM, DPT, Gigabit Ethernet texnologiyalari haqida qisqacha ma’lumot bering
10. SDH texnologiyasining afzalligi nimada?
11. Nega POS texnologiyasi keng tarqalmagan?
12. MPLS transport tarmoqlari qanday tashkil etiladi?
4. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING ASOSIY PROTOKOLLARI
4.1. NGN tarmoqlarini boshqarish protokollari
NGN tarmoqlarini turlicha mavjud bo‘lgan (Internet va UFTf) tarmoqlariga xos bo‘lgan fragmentlarini birlashtiruvchi tarmoq echimlari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek NGN tarmoqda Internet protokollari (masalan, IP, TCP, UDP, FTP. HTTP, SMTP) kabi, UFTf tarmog‘i protokollari (masalan, OKS7, EDSS1, V5 interfeys protokollari) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, NGN tarmog‘ining ayrim protokollari multiservisli tarmoqni yaratish doirasida Internet va UFTf tarmoqlarining o‘zaro ishlash prinsipiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda istiqbolli hisoblanadi. NGN protokollari shartlilikning ayrim qismlari bilan quyidagicha tasniflash mumkin:
- Internet tarmog‘ining tayanch protokollari: IP, ICMP, NCP, UDP;
- transport protokollari: RTP, RTCP;
- signal protokollari: SIP. N.323, SIGTRAN. MEGACO/H.248, MGCP. RSVP. SCTP. ISUP. BICC. SCCP. INAP;
- marshrutlash prokotokollari: RIP, IGRP. OSPF, IS-IS. EGP, BGP, [DRP. TRIP;
- axborot xizmatlari va boshqarish protokollari: SLP. OSP. LDAP. SNMP;
- xizmatlar protokoli: FTP. SMTP. HTTP, G.xxx kodeklar, H.xxx. faks T.37, T.38, IRP! NNTP.
Ikkita tez moslashuvchan kommutatorlarning o‘zaro bog‘lanishi uchun ikkita protokol qo‘llanilishi mumkin, ulardan biri SIP (SIP-T) protokoli IETF qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ikkinchisi BICC esa ITU-T orqali spetsifikatsiyalangan. Bugungi kunda o‘zaro bog‘lanish roliga BICC protokoli nafaqat OKS №7 signalizatsiyasi bilan, balki DSS1 signalizatsiya bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lsada SIP-T protokoli da’vogarlik qilmoqda. Ericsson kompaniyasining ma’lum Engine echimida telefon serverlari (tez moslashuvchan kommutatorlar) orasidagi o‘zaro bog‘lanish IP-tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan, BICC CS-2 ga keyingi o‘tishli ATM (AAL1/AAL2) transport ustida ishlatishga mo‘ljallangan BICC CS-1 protokoli bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, SIP-T va BICC hozir deyarli bir xil funksional imkoniyatlarga ega bo‘lsada, ishlab chiqishda bo‘lgan BICC CS-3 esa hatto SIP-T bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini ko‘zda tutadi, umuman uning tez moslashuvchan kommutatorlar qurilmalariga amaliy joriy etilishi, odatda ATM-tarmoqda ishlash zarurati mulohazalaridan kelib chiqish bilan bo‘lib o‘tadi. SHu bilan birga, ATM-Forum materiallarida ta’kidlanadiki, yaqin kelajakda N.323, SIP, H.248 va BICC protokollari parallel mavjud bo‘ladi, ITU-T va IETF protokollarning keyingi harakatlari NGN talablarini qoniqtirish uchun SIP va N.248 protokollarni takomillashtirishga qaratiladi.
Tez moslashuvchan kommutatorlar asosidagi NGN tarmoqlarini yaratishda standart va samarador protokolning bo‘lishi muammosi qoladi, lekin birinchi navbatda, aynan bu qurilmalarning bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun bugungi kunda, asosan, tez moslashuvchan kommutatorlar orasida o‘zaro bog‘lanishi uchun SIP/SIP-T protokollarini, tez moslashuvchan kommutatorlarning ularga bo‘ysunadigan kommutatsion qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun esa MGCP/Megaco/H.248 standartining protokollarini ishlash taklif etiladi. U va bu protokollar IETF da ishlab chiqildi va shuning uchun dastlab IP-tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu ularning mavjud Internet protokollari steklariga oson integratsiyalanishini bildiradi.
4.1-rasmda tez moslashuvchan kommutatorning NGN tarmog‘ining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘lanish sxemasi keltirilgan. Ular orasidagi muqarrari, SIP protokoli hisoblanadi.
SIP multimediali sessiyalarni o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga imkon beradigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Uning xabarlari matnli formati ularning kodlanishini, dekodlanishini va tahlil qilinishini sezilarli soddalashtiradi va bu istalgan dasturlashtirish tili asosidagi protokolni ishlatishga imkon beradi.
SIP xabarlaridagi axborot maydonlarining soni atigi bir necha o‘ntani (N.323 protokolida yuzlab bo‘lganida) tashkil etadi. Tabiiyki, bunday protokol tezroq va samaraliroq ishlaydi, bu tez moslashuvchan kommutatorlar o‘zaro bog‘langanida juda muhim. Bundan tashqari, IETF modifikatsiyalangan SIP-T (SIP for Telephony) protokolini ishlab chiqdi. Asosan bu OKS №7 signalizatsiyasining SIP protokoli bilan integratsiyalanishi maqsadida amalga oshirilgan.
SIP-tarmog‘ining OKS №7 tarmog‘i bilan o‘zaro bog‘lanish tuguni ISUP xabarlarini SIP-xabarlarga inkapsulyasiyalaydi va ularning tashishni ta’minlash uchun ISUP xabarlaridan ma’lumotlar qismini SIP-xabarlar sarlavhasiga translyasiyalaydi.

4.1-rasm. Tez moslashuvchan kommutatorning NGN tarmog‘ining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘lanish sxemasi

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin