Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə21/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

3.2.3. Gigabit Ethernet texnologiyasi
Gigabit Ethernet texnologiyasi o‘zining yuqori tezlikda ma’lumot uzatishi va past narxi evaziga ma’lumot uzatish magistrali sifatida keng tarqaldi. Gigabit Ethernet va 10-Gigabit Ethernet texnologiyalarini shahar masshtabidagi NGN tarmog‘ining tayanch qismini qurishda ishlatish iqtisodiy samarali hisoblanadi. Chunki bunda kanalni hosil qiluvchi maxsus qurilmalardan voz kechiladi va tarmoqning tayanch qurilmalari sifatida lokal tarmoq ishlatiladigan markaziy marshrutizatsiyalovchi kommutatorlardan foydalaniladi. Bu maqbul darajadagi rad etishlarga bardoshlilikni va optik aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini bir qancha Gbit/s gacha oshirish imkonini beradi (to‘liq dupleksni hisobga olgan holda). Zamonaviy Gigabit Ethernet qurilmalarining asosiy xarakteristikalari:
 nisbatan katta (90 km dan yuqori) masofalarda ishlashga mo‘ljallangan optik interfeyslarning mavjudligi;
 mavjud Ethernet tarmoqlari bilan to‘liq moslashuvchanligi;
 trank magistral ulanishlarni yaratishda tarmoqni bir tekis rivojlanishini ta’minlash, masshtablanuvchanlik;
 yuqori tezlik (ayniqsa 10 Gigabit Ethernet texnologiyasini qo‘llaganda);
 zaxira va trank ulanishlarni ta’minlovchi tarmoqning yuqori ishonchliligi;
 soddaligi va yuqori samaradorligi, ortiqchalik va murakkablikning mavjud emasligi;
 Ethernet trafiklarini uzatishda ATM LANE (Local Area Network Emulation)* va SDHning o‘ziga xosligi;
 differensial xizmat ko‘rsatish (diffserv) va MPLS kabilar uchun QoS/CoSni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari (funksional gurux va protokollarning xizmatlar majmuasi, lokal hisoblash tarmoqlari va ATM ning yakunlovchi qurilmalari orasida aloqani tashkil qiluvchi, magistralda ATMni qo‘llab lokal hisoblash tarmoqlarida emulyasiyani ta’minlash va standartlashtirilgan ATM Forum).
 shahar masshtabida NGN tarmog‘ining tayanch qismini qurish uchun Gigabit Ethernet i 10-Gigabit Ethernet texnologiyalarini qo‘llash juda tejamli, chunki bunda maxsus kanal hosil qiluvchi qurilmalarni rad etadi va lokal hisoblash tarmoqlarida qo‘llaniladigan markaziy marshrutlashtiruvchi kommutatorlarni tarmoqning tayanch qurilmalari sifatida qo‘llash. Bu rad etishga muvozanatlilik darajasini muvofiqlashtirish va optik aloqa kanallarini bir necha Gbit/s (to‘liq dupleksni hisobga olgan holda) satxda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta’minlash imkonini beradi. Alohida qurilmalar rad etgan holda tarmoqni qayta tiklash, marshrutlashtiruvchi kommutatorlarning mos keluvchi algoritmlari va protokollari hisobiga amalga oshadi. Biroq bunday echim hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi funksional xususiyatlarga ega:
 trafikni transportlashtirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish maqsadida ulanishni tashkil etish uchun, lokal hisoblash tarmoqlari uzellarining axborot resurslarini himoyalash bo‘yicha maxsus choralar zarur. Bunda mos keluvchi qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish talab etiladi;
 tarmoqning turli uchastkalari uchun differensiallangan xavfsizlik siyosatini amalga oshirish etarli darajada murakkab; bunda mumkin bo‘lgan echim MPLS texnologiyasin qo‘llash hisoblanadi;
 tashkil etilgan tomonlarga xizmatlarni taqdim etishda trafiklarni hisobga olishni tashkillashtirish bo‘yicha murakkabliklar mavjud;
 tarmoqning tayanch uchastkasini mosshtablanuvchanligi sezilarli darajada chegaralanishlarga ega. Bu tayach uzellardagi kommutatorlarning marshrutlashtiruvchi protokollarini ishi va tarmoqning tayanch qismidagi uzellar soni bilan bog‘liq, shuningdek tarmoq rad etganda uni qayta tiklanish vaqti anchagina oshadi;
 multiservisli trafiklarni uzatish IP bo‘yicha mos keluvchi texnologiyalar hisobiga amalga oshadi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan xususiyatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bunday echim, bitta operatorning yirik NGN tarmog‘ini tayanch qismini qurish uchun ancha o‘rinli.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin