Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Transport pog‘onasi texnologiyalari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə18/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

3.2. Transport pog‘onasi texnologiyalari
Bugungi kunda amaliyotda paketli texnologiyalarga asoslangan, yagona universal infratuzilmaga ega bo‘lgan tarmoqlar bilan bir qatorda an’anaviy telefon xizmatlarini amalga oshiradigan kanallar kommutatsiyali tarmoqlar mavjud va ular yana ancha davrgacha mavjud bo‘ladi.
Bunda bir qancha “odatiy” xizmatlari bilan tavsiflanadigan an’anaviy tarmoqlar bir qator afzalliklarga ega: ular barqaror daromad keltiradi va vaqt bilan tekshirilgan tizim va ishonchli interfeyslar orqali tashkil qilinadi. Shularni inobatga olganda, aloqa operatorlari hali uzoq vaqt mobaynida turli transport texnologiyalari asosida tashkil etilgan parallel ravishda mavjud bo‘luvchi tarmoqlar bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Mavjud transport tarmog‘i texnologiyalariNGN tarmoqlarida bazaviy protokol bo‘lib IP hisoblanar ekan, transport tarmog‘i ham shu protokol orqali ma’lumotlarni uzatishga moslashgan bo‘lishi kerak.
Shu sababli NGN tarmog‘ini tashkil qilishda quyidagi magistral tarmoq texnologiyalari yig‘indisi bo‘lishi mumkin.(3.4-rasm):
 IP/ATM/SDH/optika;
 IP/ATM /optika;
 IP/ SDH/optika;
 IP/optika.

3.4-rasm. NGN transport tarmog‘ining tuzilishi.
Bugungi kunda dunyo aloqa operatorlari faoliyatida tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi birinchi navbatda, tayanch transport tarmoqlari qurilish texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi bilan tavsiflanmoqda. Aloqa kanallarining o‘tkazish polasasini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi texnologiyalarga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bular: xWDM, SDH, ATM, DPT, Gigabit Ethernet.
Biroq yuqori o‘tkazish qobiliyati ham NGN aloqa operatorining 100% lik muvafaqqiyatini kafolatlamaydi. Bu erda tarmoqning ma’lum biznes modellarni amalga oshirish imkoniyati, ishonchlilik, samaradorlik va rivojlantirishdagi talablarning qoniqtirilishi birinchi o‘ringa chiqadi.
NGN tarmog‘i uchun asosiy masalalardan biri bo‘lib, tarmoq yadrosini qurish uchun texnologiyaning tanlovi hisoblanadi. U tarmoqning bir qancha yillar davomidagi rivojlanishini va qo‘llaniladigan qurilmalarni aniqlab beradi.

3.5-rasm. IP protokoli orqali ma’lumotlarni uzatish uchun transport texnologiyalaridan foydalanish usullari
.
NGN transport tarmog‘i texnologiyasini tanlashda quyidagi omillar inobatga olinishi kerak:
1. NGN tarmog‘ini qurishni rejalashtirayotgan ko‘plab katta aloqa operatorlari SDH qurilmalariga katta sarmoyalarini kiritishgan boshqa texnologiyaga o‘tish esa har doim ham o‘zini oqlay olmaydigan mablag‘larni talab qiladi.
2. Mavjud transport tarmoqlarini saqlab qolish yana shu bilan bog‘liqki, tayanch tarmoqlari qurilishida ishlatiladigan optik kanalning o‘tkazish qobiliyati tobora oshmoqda. Bunday imkoniyatlarni optik multipleksorlash texnologiyalari (xWDM) taqdim etadi.
3. ATM qurilmasini SDH bilan solishtirganda, uning qimmatligi, sozlash va xizmat ko‘rsatishning murakkabligi inobatga olinganda, bir qancha masalalarni SDH tarmoqlarida ishlatiluvchi TDM vaqt bo‘yicha multipleksorlash texnologiyalarini ishlatish maqsadga muvofligi ko‘rinib turibdi.
4. «de-fakto» bo‘lib qabul qilingan IP protokoli deyarli barcha ma’lumot uzatish tarmoqlarining oxirgi foydalanuvchisi protokoli hisoblanadi, bu esa ko‘p hollarda an’anaviy uzatish muhitlariga kiritilgan IP texnologiyasi kabi sodda echimlarni qo‘llash ko‘proq foyda keltirishini asoslaydi. Yuqorida keltirilgan umumiy dalillar u yoki bu texnologiyaning yaqqol afzalligiga guvohlik bermaydi. Quyida NGN tarmog‘ida ishlatilish imkoniyatiga qarab, turli transport texnologiyalarining qiyosiy tavsiflari beriladi [5].

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin