Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə20/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

3.2.2. ATM texnologiyasi
Tarmoq operatorining asosiy vazifasi real vaqtda multimedia trafigini va telemetriyani (videodasturlarning translyasiyasi, datchiklar va boshqa qurilmalardan xizmat ko‘rsatish trafigini uzatish, bularda axborotning kechikishi kritik ahamiyatga ega) uzatish bo‘lganda ATM texnologiyasini ishlatish samarador hisoblanadi.
ATM tarmog‘i mijozning butun tarmoq bo‘ylab yuqori QoSni taqdim etadi va ba’zi xollarda o‘zini iqtisodiy tomondan oqlaydi.
ATM texnologiyasining asosiy afzalliklari:
 aloqa kanallarining o‘tkazuvchanlik polasasini dinamik boshqarish;
 xar xil turdagi trafiklar uchun QoSni ta’minlash;
 aloqa kanallari va qurilmalarini zaxiralash imkoniyati;
 xar xil turdagi trafiklarni (ovoz, ma’lumot va videolar bilan birgalikda) integratsiyalash imkoniyati;
 ovozli trafiklarni qayta ishlovchi maxsus texnologiyalar hisobiga o‘tkazuvchanlik qobiliyatini tejash imkoniyati;
 “shaffof” aloqa kanallarini emulyasiya imkoniyati;
 belgilar bo‘yicha kommutatsiyalash texnologiyasi MPLSni qo‘llagan holda ATM tarmoq operatori, ATMning tayanch tarmog‘i bo‘yicha, real vaqt masshtabida IP trafiklarini dinamik kommutatsiyalashi mumkin, bunda QoS xizmatlar sifatini zarur bo‘lgan satxini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi;
ATM texnologiyasining kamchiligi:
 qurilmalarni sozlash va ularga xizmat ko‘rsatishning murakkabligi;
 qurilmalar narxining nisbatan qimmatligi;
 turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini moslasha olmasligi;
 spetsifik vazifalarda ATM texnologiyasini qo‘llash ulanishni o‘rnatishda katta kechikishlarga olib keladi va aloqa kanaliga yuklanadigan xizmat axborotlarini juda yuqori foizliligi o‘zini oqlamaydi.
Tayanch transport tarmoqlarini qurishda ATM texnologiyasini qo‘llashni quyidagi hollarda tavsiya etish mumkin:
 chegaraga yaqin kanallarni yuklashda;
 xar xil turdagi trafiklarni uzatishda (ovoz, ma’lumot, video) turli xil sinfli xizmat ko‘rsatishlar talab etiladi;
 kanallarni umumiy yuklashda juda kichik ovozli trafik katta ahamiyatga ega;
 “shaffof” aloqa kanallarini taqdim etishda talablar mavjud masalan ATS larni ulash uchun.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin