Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə28/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

4.3. N.323 protokoli
N.323 bu ularning barchasi oddiy N.323 nomlansada protokollar kompleksi hisoblanadi . ITU-T N.323 stan­darti paketli tarmoqlar bo‘yicha, xususan xizmatlar sifatini (QoS) kafolatlamaydigan Internet va Intranet tarmoqlari bo‘yicha chaqiriqlarni o‘rnatilishini, tovushli va video trafiklarni uzatilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. U IETF guruhi ishlab chiqqan Real-Time Protocol i Real-time Transport Control Protocol (RTP/RTCP) protokollarni, shuningdek G.xxx turkumdagi ITU-T kodeklarni ishlatadi.
N.323 protokolining umumiy ishlatilishi uchun to‘rtta mantiqiy ob’ekt yoki komponentlar talab qilinadi: terminal, shlyuz (GW), darvozabon (GK) va ko‘p tomonlama aloqani boshqarish bloki (MCU) (4.5-rasm).

4.5-rasm. N.323 arxitekturasi
N.323 protokolining murakkabligi shundan iboratki, xizmatlarni taqdim etish uchun turli protokollarning komponentlari birgalikda ishlatilishi zarur va ular orasida aniq chegara mavjud emas. Masalan, chaqiriqni qayta manzillashtirish N.450, N.225.0 va N.245 protokollarining qismlarini ishlatilishini talab qiladi. Bundan tashqari, N.323 protokoli o‘sha bir funksiyaning bir necha ishlatilish usullarini taqdim etadi. Masalan, N.245 va N.225.0 protokollarining uchta turli birgalikda ishlatilish usullari mavjud. H.323vl boshlang‘ich versiyada har bir protokol uchun alohida bog‘lanishlar o‘rnatildi. Dastlab N.225.0 kanali tashkil etiladi, uning doirasida ikkita darvozabon bog‘lanadi va signalizatsiyaning ulanishini o‘rnatilishi uchun parametrlar aniqlanadi. Keyin telefon bog‘lanishini o‘rnatilishiga imkon beradigan Q.931 protokolining ISDN soddalashtirilgan varianti bo‘yicha almashinuv bo‘lib o‘tadi. Keyin multimediali sessiya parametrlarini (kanalning kengligi, kodek turi va boshqalar) nazorat qilish uchun zarur bo‘ladigan N.245 uchun kanal ochiladi, va faqat bundan keyin multimediali paketlar uzatish kanali o‘rnatiladi. Bu tarmoq elementlari orasida signalli xabarlarni uzoq almashinuvini talab qiladi.
N.245 va N.225.0 protokollarning birga ishlatilishining ikkinchi usuli birinchi usuldan N.245 protokol N.225.0 protokol orqali tunnellashtirilishi bilan farqlanadi.
Uchinchi variant H.323v2 protokoli versiyasida Q.931 va N.245 protokollarni birlashtiradigan FastStart protsedurasi ko‘rinishida taqdim etiladi, ya’ni bog‘lanishga dastlabki so‘rovga bo‘lajak sessiyaning parametrlari kiritilgan. FastStart samaraliroq bo‘lsada, N.323 protokoli uchta protseduralardan istalganini ishlatilishiga imkon beradi, ularni qo‘llanishiga darvozabon va shlyuz tayyor bo‘lishi kerak, bu usiz ham nomi bo‘lmagan masalani yanada murakkablashtiradi.
H.323 protokol ITU-Tda ishlab chiqilganligi bois, sezilarli harakatlar qo‘shimcha tovushli xizmatlarni aniqlashga sarflandi. Hozirgi vaqtda H.323 protokoli ko‘plab tovushli xizmatlarni aniqlaydi
H.323 protokoli ulardan ko‘pchiligi keyingi versiyada yo‘qotilishi kerak bo‘lsada, o‘zining hozirgi ko‘rinishida qator kamchiliklarga ega. Etarlicha spetsifik texnik masalalar, masalan, bog‘lanishni o‘rnatilishining uzoq vaqti aktiv hal etilmoqda. Lekin umumiyroq masalalar, xususan protokolning murakkabligi muammoliroq. Bu holat kodni yozish va sozlashning qiyinchiligi tufayli H.323 protokoli bazasidagi mahsulotlarni ishlab chiqilishini sustlashtiradi.
Nihoyat, H.323 protokoli dastlab lokal tarmoqlar uchun bir darajali protokol sifatida aniqlangan va u hozircha foydalanuvchilararo (yoki bir darajali) interfeysdan farqli tarmoqlararo interfeysga ega emas va o‘ta yuklanishlarni nazorat qilishni ta’minlamaydi. Telefon servislarining kerakli ishlashi va korporativ talablarga rioya qilish uchun aniq tarmoqlararo protokol zarur bo‘ladi. Uning bo‘lmasligi xususiy tarmoqlar hollarida, kompyuterdan kompyuterga tovushli qo‘ng‘iroqlarda va hatto ko‘plab xalqaro chaqiriqlarda muammolarni hosil qilmaydi. Biroq, agar operatorlar butun davlat o‘lchamlarida xizmatlarni taqdim etish uchun yoki telefon tarmoqlari orasida bog‘lanishlarni ta’minlash uchun tarmoqni yaratishni istashsa, u holda bu masala muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘nggi vaqtlarda ko‘plab xizmatlar provayderlar aynan aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra SIP foydasiga N.323 dan voz kecha boshlashdi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin