Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə31/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

4.6. BICC protokoli
O‘tkazish muhitiga bog‘liq bo‘lmagan holda chaqiriqlarni boshqarish protokoli (Bearer Independent Call Con­trol protocol, BICC [35]) ITU-T tomonidan ishlab chiqilgan (Q.I900...Q.I999 Tavsiyalar) va UFTf abonentidan (abonentiga) bog‘lanishlarni o‘rnatishda MGClarning o‘zaro bog‘lanishi uchun qo‘llanilishi mumkin.
BICC protokoli ikkita OKS №7 tarmoqlarini paketli kommutatsiya tarmog‘i orqali bog‘lash maqsadida ishlatiladi. Modomiki, BICC xabarlari turli paketli tarmoqlar orqali uzatilishi mumkinligiga erishilgan ekan, u holda BICC protokoli signalli ma’lumotlarni uzatish usuliga bog‘liq bo‘lmay qoldi.
Signalizatsiya transporti tizimi BICC protokolining asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Har bir signalli aloqaga bittadan STC (Signaling Transport Converter) ob’ekti ko‘zda tutilmoqda. BICC protokoli SAP (Service Access Point) xizmatiga mos ulanish nuqtasini ishlatish bilan bu signalli aloqa xabarlarini uzatadi yoki qabul qiladi. Ikkita (Call Service Function) chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan bloklari, ular orasida ma’lumotlarni ishonchli uzatilishi va xizmatlarga ulanishning indikatsiyasi uchun BICC signalli ma’lumotlarini tashish xizmatini ishlatadi. Shunday qilib, bir darajali BICC protokolli birliklari orasida BICC xabarlarining almashinuvi bu xizmatdan foydalanish orqali bo‘lib o‘tadi.
4.7. SIGTRAN protokoli
Signaling Transport (SIGTRAN) protokoli IP-tarmoqlar bo‘yicha signalli ma’lumotlarni uzatish uchun protokollar to‘plamidan iborat. U VoIP taqsimlangan arxitekturasida asosiy transport komponenti hisoblanadi va SG, MGC, Gatekeeper (darvozabon) kabi qurilmalarda ishlatiladi.
SIGTRAN ma’lumotlar oqimlarini boshqarish protokoli (Stream Control Transmission Protocol, SCTP) va moslashtirish darajalari funksiyalarini ishlatadi. SCTP signalli ma’lumotlarni ishonchli uzatilishiga javob beradi, oqimlarni boshqarishni amalga oshiradi, xavfsizlikni ta’minlaydi. Moslashtirish darajalari funksiyalariga SCTP xizmatlarini ishlatadigan mos signalli darajalardan signalli ma’lumotlarni uzatish kiradi. Bu protokollar foydalanuvchilar ma’lumotlarini segmentlashtirilishi va paketlashtirilishi, qonuniy foydalanuvchining imitatsiyalanishidan, uzatiladigan ma’lumotlar mazmunini o‘zgartirilishidan himoyalash va boshqa qator funksiyalarga javobgar.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin