Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə39/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

Nazorat savollari
1. Yangi avlodning konvergent tarmoqlari texnologiyalarini keltiring.
2. x.DSL texnologiyasini belgilanishi qanday?
3. x.DSL texnologiyasining qanday turlari mavjud?
4. ADSL modemiuzatish tezligini liniya parametrlaridan bog‘liqligi qanday?
5. Ethernet texnologiyasidan foydalanish qanday?
6. FTT.x texnologiyasini belgilanishi qanday?
7. FTT.x texnologiyasining qanday turlari mavjud?
8. PON texnologiyasining rivojlanishing qanday turlari mavjud?
9. Wi-Fi va WiMAX texnologiyalarini tushuntiring.
10. PLC texnologiyasining qo‘llanilishini tushuntiring.
6. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING MULTIMEDIALI XIZMATLARI
6.1.Aloqa xizmatlarining tasniflari (klassifikatsiyasi)
Aloqa xizmatlarini taqdim etish jarayonini rasmiylashtirish sohasida asosiy hisoblanuvchi TMF (TeleManagement Forum) xalqaro tashkilot tomonidan product (maxsulot)va service ikkita tushuncha bilan farqlanish doirasida xizmatlar tasnifiga yondashish aniqlangan. 
Amaliyotda aloqa operatorlarida yuzaga kelgan murakkabliklardan kelib chiqqan holda aloqa xizmati deganda mijozga aloqa operatori tomonidan taqdim etiladigan maxsulot, tarmoq servisi (tarmoq xizmati) deganda esa aloqa xizmatlari (maxsulotlari)ni texnik qo‘llash mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmuasi tushuniladi.
Aloqa xizmatlarini (maxsulotlarini) taqdim etish har doim o‘ziga tarmoq servisini biriktiradi. Bunday yondashish aloqa xizmatlariga va tarmoq servisiga bo‘lgan talablarni aniq chegaralash imkonini beradi va bunda NGN xizmatlarining murakkab tarkibiy tuzilishini hisobga olish lozim.
Aloqa xizmatlari (maxsulotlari) va tarmoq servisi (xizmati) uchun, axborotli tizimlarni qurish va o‘zaro bog‘lanishning universal hisoblanuvchi etti satxli OSI modelini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘p satxli tasnif (klassifikatsiya) odatdagi aloqa xizmatlari va tarmoq servisiga bog‘liq holda aks etadi. SHunday qilib, OSI modeli satxi bilan bog‘liq bo‘lgan tasnifni, “aloqa xizmati” va “tarmoq servisi” tushunchasini inobatga olgan holda NGN xizmatlarini taqdim etish jarayonida mo‘ljal sifatida qo‘llash mumkin.
Operatorlar tomonidan taqdim etiladigan barcha aloqa xizmatlarini ikki turga bo‘lish mumkin: bazaviy va qo‘shimcha. Bazaviy xizmatlar litsenziyalangan, qo‘shimcha xizmatlar esa litsenziyalanmagan hisoblanadi.
Bunday tarkibga quyidagi xizmatlar kiradi:
1. Taksafonlarni qo‘llashga ega bo‘lgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlarisiz va kollektiv kirish vositalarisiz, mahalliy telefon aloqasi xizmati.
2. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari.
3. Ajratilgan aloqa tarmoqlarida telefon aloqasi xizmatlari.
4. Zona ichi telefon aloqasi xizmatlari.
5.Taksofonlarni qo‘llashga ega bo‘lgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari.
6.Kollektiv kirish vositalarini qo‘llashga ega bo‘lgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari.
7. Telegraf aloqasi xizmatlari.
8. Shaxsiy radiochaqiriq aloqa xizmatlari.
9.Umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlarida harakatlanuvchi radioaloqa xizmatlari.
10.Ajratilgan aloqa tarmoqlarida harakatlanuvchi radioaloqa xizmatlari.
11.Umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlarida harakatdagi radiotelefon aloqasi xizmatlari.
12. Harakatdagi fazoviy radioaloqa xizmatlari.
13. Aloqa kanallarini taqdim etish bo‘yicha aloqa xizmatlari.
14.Ovozli axborotlarni uzatishdan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridagi aloqa xizmatlari.
15. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridagi xizmatlar.
16. Telematik aloqa xizmatlari.
17. Kabel orqali eshittiriladigan aloqa xizmatlari.
18. Efir orqali eshittirish maqsadida qo‘llaniladigan aloqa xizmatlari.
19. Simli radio eshittirish aloqa xizmatlari.
20. Pochta aloqasi xizmatlari.
Qo‘shimcha xizmatlar o‘z o‘zidan taqdim etilmaydi, ular asosiy xizmatlar bilan birgalikda qo‘llaniladi va xizmatlarni qo‘llash imkoniyatlarini shuningdek qulayliklarini oshiradi. Masalan, telefon aloqasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlariga manzilni o‘zgartirish (pereadresatsiya), ogoxlantirish, kutishga qo‘yish va boshqalar kiradi.
Xizmatlarga ko‘maklashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga kiritilgan, keltirilgan aloqa xizmatlari nomlarining ro‘yxati, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ovozli ma’lumotlarni uzatish aloqa xizmatidan tashqari konvergent xizmatlardan iborat emas. Ana shunga bog‘liq holda masalan, triple play xizmatlari aloqa operatoridan bir qancha litsenziyalarni olishni talab etadi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin